Vikipediya:Topiboldi Xoldorov
![]() | Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan, yoki umuman koʻrsatilmagan. Iltimos, qoida va koʻrsatmalarga muvofiq maqolani vikilashtiring. |
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. | |
Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va koʻrsatmalariga muvofiq tartibga keltiring. |
Topiboldi Xoldorov | |
---|---|
Mansab davri 2020 — 2021-yillar | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1942-yil 1-fevral Fargʻona viloyati |
Vafoti |
2021-yil 22-avgust (79 yosh) Toshkent |
Mukofotlari |
![]() |
Topiboldi Xoldorov (1942—2021-yillar) — Oʻzbekiston davlat arbobi, senator.
1942-yil 1-fevralda Fargʻona viloyatida tugʻilgan. Samarqand kooperativ texnikumini (1961-yil) va Samarqand kooperativ institutini (1973-yil, iqtisodiyot fakultetini) tamomlagan.
Fargʻona viloyatida matbaa va savdo sohasida turli lavozimlarda ishlagan.
2000—2009-yillarda Fargʻona tumani raisi, 2009—2020-yillarda „Nuroniy“ jamgʻarmasi Fargʻona viloyati boʻlimi raisi.
2020-yildan Fargʻona viloyati Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari.
2016-yilda "Mehnat Shuhrati" ordeni bilan taqdirlangan.
2020-yil 17-yanvardan Oliy Majlis Senati aʼzosi. Xotin-qizlar va gender tengligi qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan.
2021-yil 22-avgust kuni ertalab Toshkent shahridagi kasalxonada (oʻtkir yurak va buyrak yetishmovchiligi) vafot etgan. Fargʻona viloyati Yoshlarobod qishlogʻining „Tinchlik“ mahallasida dafn etilgan.