Yoz Faoli tanlovi VikiYoz tadbirining qismidir. Bu tanlovda eng koʻp yaxshi maqola yozgan ishtirokchi gʻolib deb eʼlon qilinadi. Mukofot - mp3-player.

Shartlar tahrir

Tanlovda faqatgina yaxshi unvoniga erishgan maqolalar qatnashadi. Yaʼni maqola yozgan ishtirokchi avvalo uni yaxshi maqola nomzodi sifatida koʻrsatishi kerak. VikiYoz oxirida bu taqrizdan eng koʻp maqola oʻtkazgan ishtirokchi tanlanadi.

Tanlov ishtirokchilari quyidagi shartlarga amal qilishlari lozim:

  • Maqolalar Oʻzbek Vikipediyasida mavjud boʻlmasligi kerak (yaʼni maqolalarni yaratish zarur).
  • Har bir maqolani asosan bir foydalanuvchi (boshqa foydalanuvchilar kichik tahrirlar qilishi, botlar interviki tuzatishlari mumkin) yozishi kerak.
  • Har bir maqola "yaxshi" unvoniga erishishi kerak.

Agar savollaringiz boʻlsa, ularni forumimizda soʻrashingiz mumkin.

Ishtirokchilar tahrir

Bu yerga tanlovda ishtirok etishni istaganlar oʻz imzolarini qoldirishlari zarur (bunday qilinadi: # ~~~~.):