Viktor Agustin Ugarte Ovyedo (ispancha: Víctor Agustín Ugarte Oviedo)-boliviyalik futbolchi,hujumchi.1926-yil 5-mayda Boliviyaning Tupisa shahrida tavallud topgan.1963-yilgi Janubiy Amerika kubogida Boliviya terma jamoasi tarkibida gʻalaba qozongan.U faoliyatining katta qismini „Bolivar“ klubida oʻtkazdi.17 yil davomida Boliviya terma jamoasida oʻynagan.1950-yilgi Jahon chempionatida qatnashgan.Boliviya terma jamoasining barcha davrlardagi eng yaxshi toʻpurarlari roʻyxatida Xoakin Boterodan keyin ikkinchi oʻrinda qayd etiladi[1].

Faoliyati tahrir

Klub miqyosida tahrir

Viktor Ugarte futbolni „Bolivar“ klubida boshlagan.1947-yilda debyut qilib, shu klubda 12 yil faoliyat yuritdi.Keyin bir mavsum davomida Viktor Argentinaning „San-Lorenso“ klubi futbolchisiga aylandi.Bu uni Argentina chempionatidagi birinchi boliviyalik qildi.Ugarte keyingi mavsumni Kolumbiyaning „Onse Kaldas“ jamoasida oʻtkazdi.Keyin esa „Bolivar“ klubiga qaytdi va u yerda sport faoliyatini yakunladi.

Terma jamoa miqyosida tahrir

Terma jamoa tarkibida Viktor Ugarte 5 ta Amerika kubogi va 1950-yilda Braziliyada boʻlib oʻtgan jahon chempionati ishtirokchisiga aylandi.U yerda jamoa birinchi bosqichdan oʻta olmadi.Boliviya terma jamoasida oʻynagan 17 yil davomida Viktor jami 45 ta oʻyin oʻtkazib,16 ta gol urgan[2]. Viktor tomonidan milliy terma jamoa libosida urilgan soʻnggi 2 ta gol 1963-yilgi Janubiy Amerika chempionatining Braziliyaga qarshi final uchrashuviga toʻgʻri keldi va boliviyaliklarga oʻz tarixlarida birinchi Janubiy Amerika chempionligini qoʻlga kiritish imkonini berdi.

Jami terma jamoa tarkibida 45 ta oʻyin oʻtkazib 16 ta gol urdi.Bu oʻyinlarda terma jamoa 15 gʻalaba,7 durang,23 magʻlubiyatga teng koʻrinishni hosil qildi.

Viktor Ugarte 1995-yil 20-martda Boliviyaning La Pas shahrida vafot etdi.

Manbalar tahrir