Vinisius Augusto Tobias da Silva (2004-yil 23-fevralda tugʻilgan), Vinisius Tobias yoki Tobias nomi bilan tanilgan, braziliyalik futbolchi, hozirda Ispaniyaning „Real Madrid B“ jamoasida Ukrainaning „Shaxtyor“ klubidan ijaraga olingan holda oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Vinicius Tobias
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Vinicius Augusto Tobias da Silva
Tavallud sanasi 23-fevral, 2004-yil
Tavallud joyi Braziliya
Boʻyi 1.75 m
Ampluasi o'ng qanot himoyachisi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Real Madrid
Raqami 21

Jamoalardagi faoliyati tahrir

San-Pauluning Jardim Mataratso shahrida tugʻilgan Vinisius Tobias oʻz faoliyatini „Internacional“ klubida 2016-yilda boshlagan[1] Oʻsib ulgʻayganida, u braziliyalik himoyachi Daniel Alvesga taqlid qildi.[1] Internacional klubining yoshlar jamoalaridagi ajoyib oʻyinlaridan soʻng, u The Guardianning 2021-yil uchun „Keyingi avlod“ roʻyxatiga kiritilib, dunyodagi eng yaxshi yosh futbolchilarning tarkibiga kirdi.[2]

2021-yil iyul oyida Vinisius Tobiasning keyingi yilning fevral oyida Ukrainaning „Shaxtyor“ klubiga oʻtishi maʼlum boʻldi.[3] U birinchi „Internasional“ klubida olti yil oʻynaganidan soʻng klubni tark etdi.[4] Biroq, Vinisius Tobias oʻzining yangi klubiga koʻchib oʻtganidan soʻng sodir boʻlgan 2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan soʻng, Ukrainadagi chet ellik futbolchilarga oʻz klublarini ijara asosida tark etishga ruxsat berildi. 2022-yilning 1-aprelida u Ispaniyaning „Real Madrid“ klubiga 2022–23-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida oʻtdi.[5][6] „Real Madrid“ birinchi jamoa tarkibi uchun EIdan tashqari oʻrinlarni allaqachon belgilab qoʻyganligi sababli, Vinisius Tobias " Kastilya " jamoasiga oʻynay boshladi.[7]

17-aprel kuni Tobias „Kastilya“ safida Alkoyano klubiga qarshi oʻyinda 1-2 hisobi qayt qilingan oʻyinda Piterning oʻrniga zahiradan maydonga tushib oʻzining debyut oʻyinini oʻtkazdi.

Karyera statistikasi tahrir

Klub tahrir

17 April 2022.[8]
Klub Mavsum Liga Kubok Kontinental Boshqa Jami
Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Shaxtyor Donetsk 2021-22 Ukraina Premer-ligasi 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Real Madrid B (ijara) 2021-22 Primera Divizion RFEF 1 0 0 0 0 0 1 0
Karyera jami 1 0 0 0 0 0 0 0 1 0
Eslatmalar

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 Hammes. „Joia 2021: aos 16 anos, Vinícius Tobias esquece cobiça da Europa para brilhar no Inter“ (portugalcha). ge.globo.com (31-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 1-aprel 2022-yil.
  2. „Next Generation 2021: 60 of the best young talents in world football“. The Guardian (7-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 3-aprel 2022-yil.
  3. „Vinicius Tobias will move to Shakhtar“. shakhtar.com (20-iyul 2021-yil). Qaraldi: 1-aprel 2022-yil.
  4. „Vendido ao Shakhtar, Vinícius Tobias se despede do Inter: „Seis anos de felicidade e aprendizado““ (portugalcha). ge.globo.com (13-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 1-aprel 2022-yil.
  5. Picón. „Real Madrid sign Shakhtar teenager Vinicius Tobias on loan as they take advantage of Russia-Ukraine UEFA ruling“. goal.com (1-aprel 2022-yil). Qaraldi: 1-aprel 2022-yil.
  6. de la Riva. „Who is new Real Madrid signing Vinicius Tobias?“. en.as.com (31-mart 2022-yil). Qaraldi: 1-aprel 2022-yil.
  7. „Real Madrid acerta contratação de Vinicius Tobias para time B, afirma imprensa espanhola“ (portugalcha). ge.globo.com (31-mart 2022-yil). Qaraldi: 1-aprel 2022-yil.
  8. Vinicius Tobias Soccerway saytida