Vladimir Kozak
Vladimir Kozak 1993-yili 12-iyunda Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati ukrain.Uning o‘smirlik payti Namanganing Toʻraqoʻrgʻon shahrida futbollik faoliyatini amalga oshirgan uning ustozi Navbahorga oʻzi bilan birga olib boradi va futbolga kirib keladi
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Vladimir Anatolyevich Kozak | ||
Tavallud sanasi | 12-iyun 1993-yil | ||
Tavallud joyi | Toshkent, Oʻzbekiston | ||
Boʻyi | 185 sm | ||
Ampluasi | himoyachi | ||
Vazni | 76 kg | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub |
![]() | ||
Raqami | 29 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
![]() | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2010—… |
![]() | (91 (12)) | |
Milliy terma jamoa | |||
2012 2013 2014—… 2014—… |
![]() ![]() ![]() ![]() |
( 1 (0)) | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Toshkentning Paxtakor futbol klubi va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi himoyachisi hisoblanadi.
Klubdagi faoliyatiTahrirlash
Vladimir Kozak professional futboldagi faoliyatini 2010-yili Paxtakor klubida, Toshkentning boshqa bir klubi Bunyodkorga qarshi kechgan oʻyinda boshlagan. U hozir ham ushbu klub sharafini himoya qilib keladi, shu vaqtga qadar u klub tarkibida 91ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 12ta gol kiritgan. Oliy liganing 2012-yilgi mavsumida 5ta gol urgan, shulardan ikkitasini bitta oʻyinda Buxoro klubiga qarshi kechgan uchrashuvda urgan.[1] Kozak 2014-yili ham oliy liga bahslarida 5ta gol urib, mamlakat chempionligini 2-marotaba qoʻlga kiritadi.
Terma jamoadagi faoliyatiTahrirlash
Vladimir Kozak terma jamoadagi ilk debyut uchrashuvini 2014-yilning 29-mayida Ummon terma jamoasi bilan kechgan oʻrtoqlik ucrashuvida oʻtkazgan. U Oʻzbekistonning yoshlar va oʻsmirlar terma jamoasida ham oʻynagan. U Turkiyada boʻlib oʻtgan 2013-yilgi yoshlar jahon chempionatida qatnashgan.
YutuqlariTahrirlash
- Klub
- Oʻzbekiston chempioni: 2012, 2014
- Oʻzbekiston vitse-chempioni: 2010
- Oʻzbekiston chempionati bronza medali shohibi: 2011
- Oʻzbekiston kubogi gʻolibi: 2011
- Xalqaro
- AFC U-19 Osiyo chempionati yarim finalchisi: 2012
ManbalarTahrirlash
- ↑ „Pakhtakor - Buxoro 4:1, 21.11.2012“. soccerway.com (21-noyabr 2012-yil).