Wang Dalei
王大雷
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Wang Dalei
Tavallud sanasi 10-yanvar 1989-yil (1989-01-10) (35 yosh)
Tavallud joyi Dalian, Liaoning, Xitoy
Boʻyi 1.87 m (6 ft 2 in)
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Shandong Luneng
Raqami 14
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2003—2005 Dalian Tielu
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006 Shanghai United 21 (0)
2007—2013 Shanghai Shenhua 141 (0)
2014 Shandong Luneng 190 (0)
Milliy terma jamoa
2004—2005 Xitoy U-17
2006—2011 Xitoy U-23
2012 Xitoy 27 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 4-yanvar uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2019-yil 11-iyun uchun)

Wang Dalei (talaffuzi: Van Da Ley) (1989-yil 10-yanvarda tugʻilgan) — xitoylik professional futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining „Shandong Taishan“ klubida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati tahrir

Oʻn yetti yoshda boʻlishiga qaramay, Van Daley futbolchilik faoliyatini " Shanghai United "da boshlagan va 2006-yilning 11-martida „Inter Xian“ga qarshi oʻyinda (1:1) klubdagi debyutini oʻtkazgan. Bu natija uni Xitoy futboli tarixidagi eng yosh professional darvozabonga aylantirgan. U tezda oʻzini birinchi darvozabon sifatida koʻrsatib, jamoaning asosoiy oʻyinchisiga aylangan[1]. Wangga A Seriyaning „ Internasionale“ jamoasi qiziqish bildirgan va uni yozgi taʼtilda ular bilan mashgʻulotlarga taklif qilishgan[2]. Wang Shanghaiga qaytib kelgan va u yerda klubning asosiy darvozaboni boʻlib, 2006-yilgi mavsum oxirida debyut mavsumida 22 oʻyinda maydonga tushgan. 2006-yilda Wang Xitoy futbol assotsiatsiyasining yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi sovrinini qoʻlga kiritgan[3].

Keyingi mavsumda „Shanghai United“ „Shanghai Shenhua“ bilan birlashgan va Wang sezilarlikatta jamoaning birinchi darvozaboni boʻlish uchun kurashishga majbur boʻlgan[4]. 2007-yilgi mavsum oxirida Premer-liga vakili „Manchester City“da bir qancha shanxaylik futbolchilar bilan birga sinovdan oʻtishga chaqirishgan[5]. Ligadagi tanaffus paytida Wang Eredivisie vakili PSV Eindhovenda sinovdan oʻtgan, ammo bu muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan. Wang klubning mavsumoldi oʻyinlarini oʻtkazib yuborgan va u Qiu Shengjiongga birinchi raqamli darvozabon rolni boy bergan. 2010-yilgi mavsumda oʻsha paytdagi bosh murabbiy Miroslav Blaževichning qarori bilan Wang yana klubning birinchi darvozaboni etib tayinlangan, ammo Xitoyning 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga chaqiruv olganligi tufayli u mavsumning koʻp qismini oʻtkazib yuborgan.

2013-yilgi ajoyib mavsumdan soʻng, Wang 2014-yil 1-yanvarda Xitoy Superligasi jamoasi „Shandong Lunen“ga oʻtgan. U klubdagi debyutini 2014-yilning 7-martida Harbin Yitengga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazgan. U Shandong jamoasi bilan 2014-yilda Xitoy FA kubogini qo‘lga kiritgan va 2014-yil noyabrida Xitoy futbol assotsiatsiyasining „Yilning eng yaxshi darvozaboni“ mukofoti bilan taqdirlangan[6].

Xalqaro faoliyati tahrir

Wang Xitoyning 17 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasi tarkibida 2004-yilgi Osiyo chempionatida gʻalaba qozongan va 2008-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish uchun Xitoyning 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida bir necha bor mashgʻulot oʻtkazgan. Biroq, u yakuniy tarkibdan chetlatilgan, chunki u oʻz oʻrnini Qiu Shengjiongga boy bergan. Shunga qaramay, Wang 2010-yilgi Osiyo oʻyinlarida jamoadagi oʻrnini qoʻlga kiritgan. Ammo, 23 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasi tarkibida Yaponiyaga qarshi oʻyinda 3:0 hisobida magʻlub boʻlishgan[7].

Wang Xitoy terma jamoasiga ilk bor 2006-yilning may oyida Shveysariya va Fransiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun chaqiruv olgan. U terma jamoadagi debyutini olti yil o‘tib, 2012-yilning 6-sentyabrida Shvetsiyaga qarshi o‘yinda (1:0) o‘tkazgan va ajoyib o‘yinidan so‘ng uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Shanghai United 2006 Xitoy Super Ligasi 21 0 1 0 - - 22 0
Shanghai Shenhua 2007 12 0 - 4 0 3 0 19 0
2008 22 0 - - - 22 0
2009 14 0 - 0 0 - 14 0
2010 15 0 - - - 15 0
2011 21 0 0 0 3 0 - 24 0
2012 29 0 2 0 - - 31 0
2013 28 0 0 0 - - 28 0
Jami 141 0 2 0 7 0 3 0 153 0
Shandong Luneng 2014 Xitoy Super Ligasi 29 0 6 0 6 0 - 41 0
2015 30 0 4 0 6 0 1 0 41 0
2016 29 0 1 0 11 0 - 41 0
2017 30 0 2 0 - - 32 0
2018 21 0 4 0 - - 25 0
2019 26 0 5 0 7 0 - 38 0
2020 5 0 2 0 - - 7 0
2021 20 0 1 0 - - 21 0
Jami 190 0 25 0 30 0 1 0 246 0
Karyerada jami 352 0 28 0 37 0 4 0 421 0

Xalqaro statistika tahrir

Milliy terma jamoa
Yil Oʻyin Gol
2012 2 0
2013 2 0
2014 5 0
2015 13 0
2016 1 0
2017 3 0
2018 0 0
2019 1 0
Jami 27 0

Yutuqlar tahrir

Klub tahrir

Shanghai Shenhua

  • A3 Chempionlar Kubogi : 2007-yil

Shandong Luneng

  • Xitoy Superligasi : 2021
  • Xitoy FA kubogi : 2014[8] 2020[9] 2021
  • Xitoy FA Superkubogi : 2015-yil

Manbalar tahrir

  1. „揭幕战卡洛斯全身而退 王大雷横空出世创造历史“. Sports.sohu.com (2006-yil 11-mart). Qaraldi: 2012-yil 9-aprel.
  2. „Wang Dalei With Inter For Training“. Inter.it (2006-yil 30-avgust). 2012-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-aprel.
  3. „Wang Dalei“. Sodasoccer.com. 2012-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-aprel.
  4. „Gimenez to coach newly combined Shanghai Shenhua“. Chinaview.cn (2007-yil 17-fevral). 2007-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-aprel.
  5. „City trial Chinese trio“. Skysports.com (2007-yil 14-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 9-aprel.
  6. „王大雷获得14赛季最佳门将 赞曾诚偶像加实力派“. 163.com (2014-yil 6-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 12-yanvar.
  7. „China goalkeeper forced into national apology“. Google.com (2010-yil 10-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 9-aprel.
  8. „足协杯-麦克格文压哨绝杀 鲁能5-4舜天夺冠“. Sports.sina.com.cn (2014-yil 22-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 19-avgust.
  9. „足协杯-王彤惊天内切佩莱头球 鲁能2-0胜江苏夺冠“. sports.sina.com.cn (2020-yil 19-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 29-yanvar.