Bosh menuni och

Vikipediya β

Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi



Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi (XOQ) — Olimpiya oʻyinlari tashkilotchisi va olimpiya harakatini targʻib qilivchi xalqaro tashkilotdir. XOQ qarorgohi Lozanna, Shveysariyada joylashgan.

{{{name}}}
Pier de Kuberten, Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi asoschisi va maʼlum vaqtdagi Prezidenti

Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasiga 1894-yil 23-iyun kuni Parijda Pier de Kuberten va Dmitrius Vikelaslar asos siloshgan. Har yili 23-iyun kuni butun dunyoda „Xalqaro olimpiya kuni“ nishonlaniladi.

Mundarija

XOQ missiyasi va roliTahrirlash

Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi (XOQ) — Olimpiya Harakatining bosh hokimiyati hisoblanadi. XOQ bosh hokimiyati ostida Olimpiya Harakati tashkilotlari, sportchilar va Olimpiya Xartiyasiga amal qilishga rozilik bildirgan boshqa shaxslarni birlashtiradi. Olimpiya Harakatiga tegishlilik mezoni Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasini tan olish hisoblanadi. Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasini oʻrni, Olimpiya Xartiyasiga hamohang ravishda sportgi yutuqlarini va ommaviy sport targʻibotini amalga oshirishda namoyon boʻladi. XOQ muntazam ravishda Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazilishini oʻz zimmasiga oladi, shuningdek, ayollar sporti, sport etikasi va sportchilar huquqlarini himoya qilishda qatnashadi.

AʼzolikTahrirlash

XOQning 105 nafar faol va 32 nafar fahriy aʼzolari boʻlib, ular minimum bir yilda bir martta yigʻilishadi. Sessiyada XOQ prezidenti 8 yil muddatga va Ijroqoʻm aʼzolari 4 tillik muddatga saylanadi.

XOQ xuquqlariTahrirlash

XOQ musobaqalardagi barcha oʻziga tegishli boʻlgan xuquqlar, yaʼni, marketing, teletranslatsiyalar namoyishi va ovozli eshittirishlarga egalik qiladi.

Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi PrezidentiTahrirlash

Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi Prezidenti XOQ aʼzolari tomonidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan 8 yil muddatga saylanadi, bunda keyingi 4 yillik muddatga qayta saylanish imkoniyati mavjud. XOQ Prezidenti ushbu tashkilot faoliyatining oʻzining rahbarligiga tegishli barcha sohalarida ishtirok etadi. XOQning hozirgi prezidenti 2001-yil 16-iyuldan Jak Roje (Belgiya) hisoblanadi. Kopengagendagi (Daniya) XOQning 121-sessiyasida Jak Roje navbatdagi va soʻnggi 4 yillik muddatga XOQ Prezidenti etib qayta saylandi.

Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi IjroqoʻmiTahrirlash

XOQ Ijroqoʻmi 1921-yilda tashkil etilgan va Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi Prezidenti, 4 ta Vitse-prezident va 10 ta qoʻshimcha aʼzolardan iborat. Ijroqoʻmning barcha aʼzolari Sessiyada yashirin ovoz berish yoʻli bilan ular uchun berilgan koʻpchilik ovozi bilan saylanadilar. Ijroqoʻm Vitse-prezidentlari va 10 ta qoʻshimcha aʼzolari vakolat muddati 4 yil qilib belgilangan.

 
Xuan Antonio Samaranch

XOQ PrezidentlariTahrirlash

Prezident Mamlakat Prezidentlik yillari Qoʻshimcha qaydlar
Vikelas Demetrius   Yunoniston Gretsiya 18941896
Baron Pier de Kuberten   Fransiya 18961916 va 19191925 Eng uzoq muddat 29 yil Prezidentlik qilgan
Baron Godfrua de blone   Shveytsariya 19161919 (v. b.)
Graf Anri de Baye-Latur   Belgiya 19251942 XOQ qarorgohida vafot etgan
Zigfrid Edstrim   Shvetsiya 19461952 (v. b. 19421946)
Everi Brebdedj   AQSH 19521972 Shu kunga qadar Evropalik boʻlmagan Prezident
Lord Maykl Killanin   Irlandiya 19721980
Markiz Xuan Antonio Samaranch   Ispaniya 19802001 Ikkinchi eng koʻp muddat (21 yil) Prezidentlik qilgan
Graf Jak Roje   Belgiya 20012013 Ikkinchi belgiyalik prezident.
Tomas Bax[1]   Germaniya 2013-yildan 1976-yilgi olimpiada chempioni

HavolalarTahrirlash

ManbalarTahrirlash