Xaynan — Xitoydagi provinsiya. Janubiy Xitoy dengizidagi orodda. Materikdan Xaynan boʻgʻozi orqali ajralgan. Maydoni 34,3 ming km². Aholisi 7,5 mln. kishi (1999). Maʼmuriy markazi — Xaykou sh. Relyefi, asosan, tekislik, janubida togʻlar (eng baland joyi 1867 m) bor. Iqlimi mussonli, tropik iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 16—19°, iyulniki 29°. Doim yashil oʻrmon va butazorlar bor. Iqtisodiyotida qishloq xoʻjaligi yetakchi oʻrinda. Sholi, paxta, shakarqamish ekiladi. Mashinasozlik (jumladan, kemasozlik), kimyo va rezina, oziq-ovqat (choy, shakarqand, kokos yongʻogʻi, konserva) sanoati korxonalari mavjud. Provinsiya 1988 yilda tashkil etilgan.

Xaynan
A picture from China every day 029.jpg
Geografiya
maydoni 33 920 km2
Eng baland balandlik 1840 m.
eng baland nuqtasi Wuzhi Mountain
Administrasiya
davlat Xitoy
Mintaqa Xitoy
Demografiya
aholisi 10 081 232
Qo'shimcha ma'lumot