Xidirnazar Olloqulov (yoki Allaqulov yoki Alloqulov) — oʻzbekistonlik iqtisodchi olim, iqtisod fanlari doktori, professor, dissident. 2002-yilning mayidan 2004-yilning iyunigacha Termiz davlat universitetining rektori lavozimida faoliyat yuritgan.

Xidirnazar Olloqulov
Tavalludi 1956-yil (aniq sanasi maʼlum emas)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi iqtisodchi
Millati oʻzbek

Surxondaryo viloyatida tugʻilgan. 2020-yilning mayida „Adabiyot“ gazetasi bosh muharriri Baxtiyor Karim bilan boʻlgan sal kam bir soatlik videointervyusida Islom Karimov va Shavkat Mirziyoyev siyosatini, Oʻzbekistondagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ahvolni keskin tanqid qilib chiqishi bilan keng ommaga tanildi. Ushbu intervyusida U Oʻzbekistonni dunyodagi eng kambagʻal mamlakatlar sirasiga kirganini, mamlakat aholisining aksar qismi kambagʻallikda va qashshoqlikda yashab kelayotganini taʼkidlab, mamlakatda tub siyosiy va iqtisodiy-ijtimoiy oʻzgarishlar kerakligiga urgʻu berdi[1][2]. Ushbu intervyu oʻzbekistonliklar orasida keng ommalashib, Xidirnazar Olloqulovning tarafdorlari paydo boʻldi. 2020-yilning 4-iyunida Xidirnazar Olloqulov navbatdagi intervyusida Oʻzbekistonda yangi siyosiy partiya — „Haqiqat va taraqqiyot“ sotsial-demokratik partiyasi yaratilishni boshlaganini eʼlon qildi. Shuningdek U 2021-yilda Oʻzbekistonda boʻlib oʻtishi rejalashtirilayotgan navbatdagi prezidentlik saylovlarida qatnashishi mumkinligini aytib oʻtdi[3][4][5][6][7][8].

Xidirnazar Olloqulov va mustaqil OAVlarga koʻra, rektorlik lavozimidan nohaq olingan va unga nisbatan sunʼiy ravishda jinoiy ish ochilgan. U Oʻzbekistondagi 14 ta sudda (shu jumladan, Oliy sudda) va Inson huquqlari boʻyicha BMT qoʻmitasida bu ishda yutib chiqqan va toʻliq oqlanib, aybsizligi isbotlangan[9][10][11][12][13].

Manbalar tahrir

  1. „Xidirnazar Olloqulov: 2021-yilda Mirziyoyev nomzodiga aslo yo'l berib bo'lmaydi. Nega?“. YouTube: JAHONGIR MUHAMMAD. Qaraldi: 2020-yil 1-iyun.
  2. „Xidirnazar Olloqulov: 2021-yilda Mirziyoyev nomzodiga aslo yo'l berib bo'lmaydi. Nega?“. YouTube: JAHONGIR MUHAMMAD. Qaraldi: 2020-yil 1-iyun.
  3. „OzodSuhbat: Профессор Аллақулов ўз номзодини Ўзбекистон президентлигига қўймоқчи“. Озодлик Радиоси. Qaraldi: 2020-yil 7-iyun.
  4. „Ўзбекистон: Мирзиёев қайта сайланишига қарши собиқ ректор президент бўлмоқчи“. BBC Oʻzbek. Qaraldi: 2020-yil 7-iyun.
  5. „Мирзиёев қайта сайланишига қарши собиқ ректор президент бўлмоқчи“. YouTube-канал BBC Uzbek. Qaraldi: 2020-yil 7-iyun.
  6. „O'zbekistonda muxolifat shakllanyaptimi?“. Amerika Ovozi. Qaraldi: 2020-yil 7-iyun.
  7. „O'zbekistonda muxolifat shakllanyaptimi?“. YouTube-канал Amerika Ovozi. Qaraldi: 2020-yil 7-iyun.
  8. „Yangi partiya: Xalq o'z so'zini ayta oladimi?“. YouTube-канал JAHONGIR MUHAMMAD. Qaraldi: 2020-yil 7-iyun.
  9. „Возражение президенту: Бывший ректор Термезского университета 15 лет добивается справедливости“. Hook.report. Qaraldi: 2020-yil 1-iyun.
  10. „МХХнинг Сурхондарёдаги ўйинлари. Собиқ ректор адолат истайди“. «KUN UZ». Qaraldi: 2020-yil 1-iyun.
  11. „Бывший ректор Аллакулов просит президента восстановить его в должности“. Sputnik. Qaraldi: 2020-yil 1-iyun.
  12. „Собиқ ректор Аллақуловнинг Мирзиёевга мурожаатига муносабат“. Sputnik. Qaraldi: 2020-yil 1-iyun.
  13. „Термиз давлат университети собиқ ректори Хидирназар Аллақулов билан суҳбат“. Озодлик Радисои. Qaraldi: 2020-yil 1-iyun.