Xojabek Seitov
Xojabek Seitov (1917.25.8, Qoraqalpogʻiston Qoraoʻzak tumani — 2001.20.4, Nukus) — qoraqalpoq yozuvchisi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1972). Qoraqalpogʻiston Oʻqituvchilar institutida oʻqigan (1938—41). Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi qoshidagi Radioeshittirish qoʻmitasi (1947—58) va Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi raisi (1952—58). "Sovet Qaraqalpaqstani" gaz. boʻlim mudiri (1958-yildan). Poetik asarlarida ("Baxtli hayot", 1947; "Gullayotgan ovul", 1955, N. Japaqov bilan hamkorlikda; "Tong shuʼlasi", 1968 va boshqalar) qoraqalpoq xalqi turmush tarzi tasvirlangan. Oʻzbek tilida "Hayot tongi" (1954), "Toʻlqinlar" (1956), "Yaylov yulduzi" (1968) kabi asarlar yozgan. "Mashaqqatli baxt" (1959), "Kuchli shamol" (1973) romanlari muallifi. Mirtemirnit "Qoraqalpoq daftari" asarini qoraqalpoq tiliga tarjima qilgan (1959).[1][2]
Xojabek Seitov | |
---|---|
Tavalludi |
25-avgust 1917-yil |
Vafoti |
20-aprel 2001-yil (83 yoshda) Nukus |
Fuqaroligi | SSSR |
Mukofotlari |
![]() ![]() ![]() |
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |