"Vabo" (nemischa: Cholera [1] — shveytsarcha Vale kantonidan kelib chiqqan mazali pirogning bir turi hisoblanadi. U uvadalanuvchi va qatlamali xamir va toʻldirmadan iborat: kartoshka, sabzavot, mevalar va pishgan pishloq.

Tarixi

tahrir

Uning noodatiy nomi, ehtimol, taomning tarixi va xalq etimologiyasi bilan bogʻliq. 18360-yilda vabo epidemiyasi davrida Vale aholisi infeksiya xavfi tufayli uyda qolishga majbur boʻlishadi va omborxonadan, bogʻdan topgan narsalari bilan yeguliklar tayyorlashadi. Epidemiya xavfi kamaygach esa oshpazlar ushbu mazali pirogga mintaqaviy ingredientlarni qoʻshish kontseptsiyasiga qaytishdi va „vabo“ pirogining retsepti oʻsha paytdan buyon saqlanib qolgan.[2]

Boshqa turiga koʻra, uning nomi koʻmir bilan bogʻliq boʻlib, Vale lahjasida Chola yoki Cholu boʻlib, pishiriluvchi taom sifatida qoʻllangan.[3][4] Dastlab, bunday taomning mahalliy ingredientlari tarkibiga: olma, nok, kartoshka, piyoz, porey-piyozi, raklet va bekon kirgan.

Tayyorlanishi

tahrir

Xamir taxminan 2 mm qalinlikda yoyilib, pechning maxsus pishirish idishiga solinadi. Mazkur idish kerakli toʻldirmalar bilan toʻldirilgandan so;'ng ikkinchi xamir bilan ustki qismi yopiladi. Boshqa retseptlarga koʻra esa, pirogning yuqori qismini yopish uchun qopqoq sifatida foydalanilagan oʻrama xamirning alohida qismini oʻz ichiga oladi.[5]

Manbalar

tahrir
  1. MySwitzerland.com Standardrezept von Betty Bossi, abgerufen am 27. März 2013.
  2. Dean, Rupali. „Le Brassus: Home to Culinary delights & exclusive watches“. The Economic Times (India) (15-oktabr 2009-yil). 2016-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-iyul 2013-yil.
  3. Gommer Cholera, 2016-03-04da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-05-15
  4. Christoph Landolt: Cholera, in: Wortgeschichten vom 24. Februar 2016, hrsg. von der Redaktion des Schweizerischen Idiotikons.
  5. Кулинарная энциклопедия. Том 39. Х — Ц (Халтура — Цукини) / Шинкарёва Н., Бондаренко Н.