Xromtau tumaniAqtoʻbe viloyatining shimoliy qismidagi maʼmuriy hudud. Yer maydoni 12,9 ming km2. Tuman 1935-yilda tashkil topgan. Aholisi 41 334 (2013);[1] kishi, oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 3,2 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman markazi — Xromtau shahri[4].

Xromtau tumani
qoz. Хромтау ауданы
tuman
Tarkibida Aqtoʻbe viloyati
Maʼmuriy markazi Xromtau
Asos solingan sanasi 1935-yil
Akim Oʻralmagʻambetov Jetkergen Tileulesuli
Rasmiy tillar qozoq
Aholi (2013) 41,334[1]
Zichligi 3,2 kishi./km²
Dinlar tarkibi Musulmonlar, Xristianlar
Maydoni 12,900 km²
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +7 71336[2]
Pochta indeksi 031100-031120[3]
Avtomobil raqami kodi D, 04
Rasmiy sayti http://hromtau.aktobe.gov.kz/
Xaritada
Xromtau tumani xaritada
Koordinatalari: 50°15′28″N 58°26′8″E / 50.25778°N 58.43556°E / 50.25778; 58.43556 G O

Iqlimi tahrir

Tuman iqlimi keskin kontinental, qishi ancha sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati –16 – 18 °С ayrim vaqtlarda -44 °С gacha sovub ketadi. Iyul oyining yillik oʻrtacha harorati 21 – 23°С. Yogʻingarchilikning oʻrtacha yillik miqdori 250 – 300 mm.

Aholi punktlari tahrir

Aqjar (Novorossiyskoe), Boʻgetsay, Koʻktau, Qoʻpa, Aqquduq (Kredikovka), Qudiqsay, Qizilsu, Maytoʻbe, Molodejnoye, Nikeltau, Oʻysilqara, Prostornoe, Sarisay, Susanovka, Suxinovka, Tabantal, Tasoʻtkel, Troitskoe, Xromtau.

Ijtimoiy soha tahrir

Tumanda 38 ta maktab, 1 kasbiy-texnik maktab, 3 ta bolalar bogʻchasi, madaniyat uyi, kutubxonalar, stadionlar aholiga xizmat qilmoqda. Tibbiyot sohasida kasalxona, 29 feld.-akusherlik punkt, “Mugʻaljar” xordiq maskani aholi uchun xizmatda[5].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „Население Республики Казахстан“ (Russian). Департамент социальной и демографической статистики. Qaraldi: 2013-yil 27-dekabr.
  2. Телефонные коды
  3. Почтовые индексы Казахстана
  4. www.geonames.de Subdivisions of Kazakhstan in local languages
  5. Qozoq Ensilopediyasi, II tom