Yuriy Xudoyarov (1974-yil 15-yanvar) — sovet va oʻzbek futbolchisi, hujumchi (sobiq himoyachi).

Xudoyarov Yuriy
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Xudoyarov Yuriy
Tavallud sanasi 15-yanvar 1974-yil (1974-01-15) (50 yosh)
Tavallud joyi Oʻzbekiston
Ampluasi Hujumchi / Yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1991 Sovet Ittifoqi Chirchiq 10 (0)
1993 Sovet Ittifoqi Yangiyer 7 (0)
1995 Oʻzbekiston Nurafshon 26 (2)
1995 Oʻzbekiston MHSK 12 (2)
1996 Oʻzbekiston Mash’al 10 (0)
2000 Oʻzbekiston Kimyogar (Chirchiq) 32 (11)
20012002 Oʻzbekiston Soʻgʻdiyona 62 (15)
2004 Qirgʻiziston Neftchi (Qoʻchqor-Ota) 15 (4)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Klubdagi faoliyati tahrir

SSSR chempionatining soʻnggi mavsumida ikkinchi quyi ligada Oʻzbekistonning „Chirchiq“ va „Yangiyer“ jamoalarida kattalar oʻrtasidagi musobaqalarda debyut qilgan. SSSR parchalanganidan keyin Oʻzbekiston chempionatining turli ligalarida oʻynagan.

1993-yilda „Nurafshon“(Buxoro) tarkibida Oʻzbekiston oliy ligasida debyut qilgan va 16 ta golsiz oʻyin oʻtkazgan. Oradan ikki yil oʻtib „Nurafshon“ga qaytadi va 1995-yilning 29-aprelida oliy ligadagi ilk golini „Temiryoʻlchi“ darvozasiga kiritadi. 1995-yilgi mavsumda „MHSK“ga oʻtib jamoa bilan chempionatning kumush medali sovrindori boʻlgan.

1996-yili oliy liga autsayderi boʻlgan „Mashʼal“ safida toʻp surgan, keyin bir necha yil futbolchi quyi ligada oʻynagan. 2000-yilda oliy liga debyutanti „Kimyogar“ (Chirchiq) safida toʻp surgan va 11 ta gol bilan jamoasining eng yaxshi toʻpurariga aylangan. 2000-yil 26-oktabrda „Surxon“ga qarshi safarda (5:1)[1] „xet-trik“ga erishgan. Keyin esa ikki yil davomida „Soʻgʻdiyona“da oʻynagan va u yerda Qobil Aliqulov bilan hujumkor duyet tuzib, sherigiga qaraganda unumliroq oʻynab, ikki mavsumda 15 ta gol muallifiga aylangan. 2002-yil yakunlariga koʻra „Soʻgʻdiyona“ oliy ligadan chiqib ketgan va Xudoyorov Oʻzbekiston oliy ligasida oʻynamagan.

Faoliyati davomida Oʻzbekiston oliy ligasida jami 142 ta oʻyin oʻtkazib, 30 ta gol urgan.

2004-yil Qirgʻiziston chempionatida „Neftchi“ (Qoʻchqor-Ota) safida oʻynagan va toʻliq boʻlmagan mavsumda toʻrtta gol urgan.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir