Yamal yarimoroli (ruscha: полуо́стров Яма́л)- Shimoli Gʻarbiy Sibirdagi yarimorol, hududi Rossiyaning Yamal-Nenetsk avtonom okrugida joylashgan. Yarim orolning uzunligi 700 km, kengligi 240 km. gacha. Kara dengizidagi Ob qoʻltigʻi va Baydara qoʻltiqlari oʻrtasida joylashgan.

Yamal yarimorolini koʻrsatuvchi xarita.

Yarimorolning ko'p qismini arktika tundrasi, janubini esa o'rmon-tundra landshaftlari qoplagan. Ko'llar juda ko'p.

Mahalliy aholi bug'uchilik va baliqchilik bilan shug'ullanadi. Yamal yarimoralida tabiiy gazning juda katta zahirasi borligi aniqlangan.