Yashil evglena -tanasi qatttiq qobiq bilan qoplangan bir hujayrali hayvondir. U bitta yoki bir nechta xivchinlari yordamida harakatlanadi. U juda mayda amyobalarga nisbatan 5-10 martagacha kichik hayvon.

Harakatlanishi va tuzilishi tahrir

Yashil evglena koʻlmak suvlarda va hovuzlarda hayot kechiradi. U juda mayda amyobaga nisbatan 5-10 marta kichik hayvon. Tanasining shakli duksimon boʻlib oldingi va keyingi tomoni ingichkalashgan. Xivchini vintga oʻxshash buralib uni oldinga siljitadi. Evglena hujayrasi qattiq va qayishqoq yupqa qobiq bilan qoplanganligi tufayli doimiy shaklga ega. Evglena sitoplazmasida bitta yadro, qisqaruvchi vakuola va qizil dogʻga oʻxshash „koʻzcha“ joylashgan.

Oziqlanishi tahrir

Evglena sitoplazmasida yashil tanachalar shaklidagi xromotoforalar boʻladi. Ulardagi xlorofil pigmenti yordamida evglena fotosintez qiladi. Yorugʻlik taʼsirida uning xromotoforalarida organik moddalar hosil boʻladi. Bu moddalar evglenaning oʻsishi, rivojlanishi va koʻpayishi uchun sarflanadi.evglena qorongʻuda hayvonlar singari tayor organik moddalar bilan oziqlanadi. Agar uzoq muddat qorongʻu jouda saqlansa, evglena xlorofili yemirilib hujayrasi rangsizlanadi; endi u suvda erigan organik moddalarni tana yuzasi orqli shimib oziqlana boshlaydi. Evglenaning fotosintez qilish xususiyati oʻsimliklar bilan hayvonlarning bitta ajdoddan kelib chiqqanini koʻrstadi.

Nafas olish va ayirish tahrir

Evglena ham amyoba singari suvda erigan kislorod bilan nafas oladi. Sitoplazmadagi ortiqcha suv va zarali almashinuv mahsulotlari qisqaruvchi vakuola orqali tashqariga chiqarib yuboriladi.

Taʼsirlanishi tahrir

Evglena qizil dogʻ koʻzchasi yordamida yorugʻlikni sezish xususiyatiga ega. Shuning uchun u suvning yorugʻ tushib turgan tomoniga qarab harakat qiladi.

Koʻpayish tahrir

Evglena amyoba singari ikkiga boʻlinish yoʻli bilan jinssiz koʻpayadi. Boʻlinish boshlanishi bilan ikkinchi yangi xivchin paydo boʻladi. Boʻlinish butun tana boʻylab shu ikki xivchin va yadro oʻrtasidan oʻtadi.

Sista xosil qilish tahrir

Noqulay sharoit tugʻilganda evglenaning xivchini tushib ketadi;tanasi qisqarib yumaloqlanadi va qalin qobiq bilan oʻralib sistaga aylanadi.

== Manbalar ==[1]

  1. Kenjayev, Aziz. Xivchinlilar bo'limi. "Yangi kitob" MCHJ — 784 bet. ISBN 978-9943-4554-6-7.