Yellowstone Milliy Bog‘ining kumush dollar tangasi

Yellowstone Milliy Bogʻining kumush dollar tangasi — 1999-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlari zarbxonasi tomonidan chiqarilgan esdalik tanga. Daromad Milliy bogʻ jamgʻarmasi orqali Yellowstone milliy bogʻi va boshqa milliy bogʻlarga foyda keltirdi[1].

 

Yellowstone Milliy Parkidagi kumush dollar tangasi
Qiymati 1 Qo'shma shtatlar Dollari
Massasi 26.73 g
Diametri 38.10 mm (1.500 in)
Tarkibi

90 % Ag

10 % Cu
Zarb qilingan yillari 1999
Old ko'rinishi
Dizayni Orqa fonda geyzer va chayqalayotgan daraxt aks ettirilgan
Yaratgan dizayneri Edgar Z. Steever, IV
Ishlab chiqilgan kuni 1999
Orqa tomoni ko'rinishi
Dizayni Amerika buffalosi fonda quyosh va togʻlar
Dizayneri William C. Cousins

Qonunchilik tahrir

1996-yildagi Amerika Qoʻshma Shtatlarining esdalik tangalari toʻgʻrisidagi qonuni Yellowstone milliy bogʻi tashkil etilganining 125 yilligiga bagʻishlab, mamlakatda birinchi boʻlib esdalik kumush dollar ishlab chiqarishga ruxsat berdi. Ushbu akt tangalarni ham tasdiqlangan, ham muomalada boʻlmagan holda zarb qilish imkonini berdi[2].

Zarb etilishi tahrir

Yellowstone bog'ining esdalik tangasi 20-asrda AQSh zarbxonasi tomonidan chiqarilgan soʻnggi esdalik kumush Dollar edi. Tangalar birinchi marta 1996-yil 20-oktyabr zarb etilgan hamda 1999-yil 16-iyuldan toʻliq muomalaga chiqarilgan. Tanganing 500 000 nusxasi yaratilgan Esdalik tangalari faqat Amerika Qoʻshma Shtatlari Zarbxonasida, davlat qonunchiligida belgilanganidek, cheklangan vaqt davomida muomalaga chiqarilgan[3].

Dizayn tahrir

Yellowstone milliy bogʻi esdalik dollarining old tomonida Edgar Z. Stiver IV (Steever shuningdek, AQSh Yulduz turkumi kabi mavzularda 40 dan ortiq medallarni ishlab chiqdi va modellashtirdi[3]) tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, fonda parkning daraxtlar bilan qoplangan landshaftida otilayotgan geyzer tasvirlangan. William Cousins (1999-yilgi Yellowstone Milliy Bogʻi esdalik kumush Dollaridan tashqari, Cousins Mount Rushmore Oltin besh Dollarining revers qismi; Uso kumush Dollari old tomonni; 1996-yil Olimpiya stadioni Oltin besh Dollari old tomon dizaynini ishlagan[3]) tomonidan ishlab chiqilgan reversdagi sur`at AQSh Ichki ishlar vazirligi muhriga moslashtirilgan boʻlib, fonda togʻlar tepasidan quyosh koʻtarilayotgan vaqtda, tekislikdagi amerikalik Bizoni tasvirlangan[4].

Texnik xususiyatlari tahrir

  • Displey qutisi rangi: quyuq yashil
  • Ogʻirligi: 26,730 gramm; 0,8594 troya unsiyasi
  • Diametri: 38,10 millimetr; 1,500 dyuym
  • Tarkibi: 90 % kumush, 10 % mis

Yana qarang tahrir

Yellouston milliy parki

Yellouston

Manbalar tahrir