Vladimir Yepishev
(Yepishev Vladimir Aleksandrovichdan yoʻnaltirildi)
Vladimir Aleksandrovich Yepishev (1925.21.12, Saratov guberniyasi) — stomatolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1979), tibbiyot fanlari doktori (1970), professor (1971). Kiyev tibbiyot stomatologiya institutini tugatgan (1955). Toshkent tibbiyot akademiyasi terapevtik stomatologiya kafedrasi mudiri (1965—90), 1990-yildan I Toshkent tibbiyot akademiyasi terapevtik stomatologiya kafedrasi professor-konsultanti. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Ilmiy faoliyati ogiz boʻshligʻi shilliq qavati kasalliklari, stomatitlarga bagʻishlangan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |