Irevan Davlat Ozarbayjon Drama Teatri

Irevan Davlat Ozarbayjon Drama TeatriIrevanda tashkil etilgan ozarbayjon tilidagi birinchi teatr. Armanistondan ozarbayjonliklarni deportatsiya qilinganligi sababli hozirgi vaqtda Bokuda ishlayotgan davlat teatrlaridan biri.

1937-yilda Irevan Davlat Ozarbayjon Drama Teatri

Tarix tahrir

 
Baxshi Gelenderli. 1934-1951-yillarda Irevan Davlat Ozarbayjon Drama Teatrida direktor boʻlib ishlagan

Turli xil manbalarga tayangan holda, teatr tarixi 1882-yildan boshlanadi. Tarixchi — olim Israfil Mamedov oʻz ishlarida shuni maʼlum qiladiki, Irevandagi Ozarbayjon teatri 1880-81 yillardan boshlanadi. Irevanda chop etiladigan „Psak“ (Chalang) gazetasining 1882-yilning 10 apreldagi 7 — sonida „Fars teatri“ nomi ostida katta taqriz chop etilgan. Maqolada Irevan turklaridan tashkil topgan teatr shinavandalari kam taʼminlangan talabalari uchun xayriya maqsadida 1881-yilning ikkinchi yarimida Vasag Madatov Nazmining „Tamaxkarlig dushman gazanir“ („Taʼmagirlik dushmanlarni qoʻlga kiritar“) deb nomlangan spektaklini ilk bor namoyish etishdi, 1882-yilning 2 aprelida ular bu spektaklni ikkinchi marotaba namoyish qilishdi.

 
Yunis Nuri

1886-yilda 23 yoshli gimnaziya oʻqituvchisi Firudin bek Kocharli Irevanda teatrlashtirilgan spektakl tashkillashtiradi (taʼkidlash lozimki, Gori seminariyasi bitiruvchisi Firudin bek Kocharli 1885-yil Irevanga kelgan). Bu M.F.Ahunovning „Misye Jordan va Darvish Shoh“ spektakl -komediyasi boʻlib, Irevan aholisi uchun katta madaniy hodisa boʻlgan. Ammo 1895-yilda F.Kocharli Irevanni tark etadi. Shundan soʻng taetrni 18 yoshli Yunis Nuri boshqardi. Yunis Nuri teatrni 1945-yilgacha yaʼni — 50 yil boshqaradi va bu teatrni unutilmas zarvaraqlari hisoblanadi.

 
Guseyn Arablinskiy

1909-yilda oʻz ishining ustasi, unutilmas Guseyn Arablinskiy, Irivan teatrida „Baxtsiz juvon“ (A Xagverdiev), „Nodir shoh“ (N. Narimanov) spektakllarini namoish qiladi. 1912-yilda Irevan teatrida Zulfugar Gadjibekov boshchiligida „Evli iken subay“, „Xor-xor“, „O olmasin, bu olsunu“, „Alli yashinda djavan“, „Gilam sotuvchisi Karbalai Shukur“ kabi spektakllar namoish etiladi. Qisqa muddat ichida „Gadji Gara“, „Arshin mal alan“ hamda „Mashadi Ibad“ teatr repertuariga kirgan. Bu 1916-yilga toʻgʻri kelgan.

1918-yildagi dashnoqlarning navbatdagi oʻldirilishi teatrni oʻz joyini tashlab ketishiga olib keldi. Teatr boshligʻi va aktyorlar guruhi Erondagi Xoy shahriga koʻchadi. Biroq, 1922-yilda Sovet davlatini tashkil topganidan soʻng, barcha koʻchib ketganlar kabi ular ham oʻz joylariga qaytdilar. Teatrni qayta tashkil etish, uni rivojlantirish uchun milliy madaniyat shaydolari, mahalliy ziyolilar boʻlmish Bala Efendiev, Akber Rzaev, Rza Sheyhzade, Abbasali Axundov, Ashraf Yusifzade, Yusif Ziya va boshqalar koʻp xizmat qilishdi. Xattoki, Bala Efendiev oʻz turmush oʻrtogʻi Fatma Efendievani birinchi ayol aktrisa sifatida sahnaga chiqaradi. Shu davrda Fatma xonim Irevandagi birinchi turkiy ayollar klubining direktori boʻlgan. Shu qatorda Akber Rzaev ham oʻz turmush oʻrtogʻi Firangiz xonumni Fatma xonim bilan birga sahnaga chiqaradi. 1921 — 28 yillarda Bala Efendiev Irevanda partiya xodimi sifatida muhim mansabni egallagan va Ozarbayjonda madaniyatni rivojlanishi va taʼlim sohasida uning oʻrni kattadir.

1928-yilda teatr davlat maqomini oldi. 1935-yilda teatrga mashhur dramaturg Jabbor Jabborali nomi berildi. Shu davrda teatr sahnasida dramaturgning „Aydin“ pyesasi muvafaqiyat bilan namoyish etildi.

1948-yildan boshlab Irevon va atrofidagi tumanlarda istiqomat qiluvchi turkiy aholini Ozarbayjonga majburiy koʻchirish jarayoni teatr taqdiriga taʼsir koʻrsatdi va 1949-yilda teatr Gyocha Basarkechar tumani okrugiga koʻchirildi. Bir yildan soʻng teatr faoliyati toʻxtatilib oʻrniga shu bazada xalq teatri tashkil qilindi. Bu davrda „ihtiyoriy ravishda koʻchayotgan“ Gyochi aholisini oʻz yurtlaridan Ozarbayjonga — Mil, Mugan tekisligiga moshinalarda koʻchirilgan. Bunday hollarda teatr va uning faoliyatini yangilash haqida gap bormagan edi. Oradan bir oz vaqt oʻtgach „koʻchirish siyosati“ toʻxtatildi, lekin teatr faoliyatida yangi davr boshlanmadi. Va nihoyat, Armaniston aholisi, shu jumladan uning ziyolilari, Basarkechar tumanini partiya qoʻmitasining birinchi kotibi Yunis Rzaev va Ozarbayjon SKKP kotibi Shixali Kurbanovning sayi harakatlari natijasida, davlat qaroriga binoan, Jabbor Jabborli nomidagi Irevan Davlat Ozarbayjon Drama Teatri qaytadan tashkil etildi (yoki tiklandi) va poytaxt Irevanga koʻchirildi.[1][2]

Galereya tahrir

Teatr direktori qilib xizmat koʻrsatgan artist, teatrni 50 yil boshqargan Yunus Nurining nabirasi Aziz Suleymanov tayinlandi. Teatr ishini jonlantirish uchun shu yilidayoq Ozarbayjon Davlat Sanʼat Institutidan taklif boʻyicha Irevanga talabalar guruhi yuborildi. Armaniston boshqaruvi teatr faoliyatini kuchaytirishga qizimagan. Aksincha, teatr oʻz faoliyatini yurita olmasligi uchun, teatrni vaqtincha va balki butunlay yopish uchun atayin maxsus choralar koʻrgan. Bunday choralardan biri, teatr boshqaruvini almashtirish boʻldi. Butun umr teatr jamiyatini koʻrib kelgan, ziyoli va nufuzli oilada tugʻilgan direktor, ikki yil qishloq oʻqituvchisi boʻlib ishlab, „Sovet Ermənistanı“ („Sovet Armanistoni“) gazetasida adabiy xodim lavozimida ishlagan yosh jurnalist Xidoyat Orudjaevga almashtirildi.

Xidoyat Orudjaev oʻsha davrda qisqa muddat ichida oʻzini iqtidorli jurnalist va kuchli qalam sohibi sifatida matbuotda koʻrsata oldi. Bunday yosh professional jurnalistni matbuotdan chetlatish orqali, teatrni bilmagani sababli teatrni yopilib ketishini kutishgan boʻlishligi ham mumkin. Biz shuni qatʼiy bilamizki, dushman ayyor armanilar doim turkiylarga qarshi va xech qachon yaxshi niyatlari boʻlmagan. „Sovet Ermənistanı“ („Sovet Armanistoni“) gazetasining bosh muharriri, nufuzli va vatanparvar ziyoli Habib Raximogli, muharrirlar hay’ati majlisida „bir devor agʻdarildi“ deb, yangi direktor muvafaqiyatlariga ishongan.

Uzoq muzokaralar natijasida, qayta ochilgan teatrga bino berilmadi. Professional teatr Madaniyat uyida joylashtirildi. Hech qanday sharoitlari boʻlmasa-da, teatr oʻz qiyin yoʻlidan oʻtib, mamlakat boʻylab gastrol safarlarida yurib, shuhrat qozondi. Bu teatr yagona oilaga aylandi. Teatr turkiy aholi bor joyda toʻxtadi. Xalq ularni sevinch, sevgi, qiziqish va iliqlik bilan qarshi oldi. Bunday qarshi olish teatr jamoasiga yangi ilhom, intilish bagʻishladi.

Butun Kavkazorti boʻylab u yetakchi teatrlardan biriga aylandi. 70 yillarda Armaniston Madaniyat Vazirligi majlislarining birida teatrni namunaviy teatrlardan biri sifatida koʻrsatildi, buning natijasida „faoliyatni yaxshilash uchun Ozarbayjon teatridan oʻrnak olish kerak“ degan fikr uygʻondi. Bu fikr arman teatr jamoatini larzaga soldi, lekin vazir fikrini ohirida „Buning uchun Ozarbayjonga xizmat safariga joʻnatishning hojati yoʻqligini, Irevan Ozarbayjon teatrini koʻrib, oʻrganish yetarliligini“ aytdi. Bu fikr qaytadan ochilgan Irevan teatri uchun juda muhim edi. Shuningdek, teatrning ushbu yangi faoliyati bu millatni biz haqimizda shunday fikrga kelishiga majbur qildi. Ishlash imkoniyatlarini chegaralanganligi bilan bir qatorda, teatr faoliyatini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, repertuarning boyligi, ijodiy tarkib faoliyatining yuqori saviyasining asosiy sharti hisoblanishi maʼlum. Albatta, bir necha marotaba deportatsiya qilingan teatrning bunday yuksalishi milliy teatr tarixi uchun yuqori darajadagi yutuq hisoblanadi. Armanilar teatr yutuqlarini davom etishidan manfaatdor emas va buni ochiq takidlashgan. Davlat miqiyosida har bir dashnoq mansabdor shaxs turli xil bosimlar oʻtkaza boshlagan. Natijada, bunday salbiy munosabatdan charchagan direktor, 16 yillik ishidan soʻng teatr bilan xayrlashib, Bokuga koʻchib ketishga ahd qildi, u yerda 1983-yilgacha teatrda faoliyat yuritgan.

Oʻz izohlarida Xidoyat shunday yozadi "armanilarning tahqirlari orasida oʻzini fidokorona tutgan aktyorlar ham bor. Ular chiroyli spektaklda oʻynab, sahnada hatto jon berishga ham tayyor edilar. Shuning uchun ham Irevan Ozarbayjon teatri, juda ham cheklangan texnik imkoniyatlarga va binoga ega boʻlishiga qaramay, oʻsha yillarda, mutahassislarning fikriga koʻra, katta yutuqlarga ega boʻla turib, Kavkazortida qiziqarli madaniyat oʻchogʻiga aylandi. Va birdaniga… goʻyoki men soʻnib qoldim. Toʻgrisini aytganda bayon qilish uchun soʻz qolmadi. Lekin jamoa sayohat izlanishida edi, „poyezd“ ishonchli edi. Mendan keyin teatr yomon holatga kelib qolishini tasavvur qila olmasdim". Lekin 1983-yilda teatr direktori etib Yunis Nurining ikkinchi nabirasi Yunis Suleymanov tayinlandi. Sal oʻtmay teatr 1- sonli Madaniyat Uyidan bir tomoni kichik Ozarbayjon maktabi va boshqa tomoni ruhiy kasallar uchun moʻljallangan xaroba binoga koʻchirildi. Xarobada sahna, sex bolmagan, bu bino ikki-uch kichik xonalardan iborat edi. U yerda davlat teatri u yerda tursin hatto kichik havaskor truppa uchun ham minimal sharoitlar yoʻq edi. Bu yuz yildan ortiq tarixga ega, Firudin bek Kocharli, Djamil Aliev, Abbasgulu Tagiev, Ismail Dagistanli, Ali Zeynlov, Ataya Alieva, Kazim Ziya kabi aktyorlar ishtirok etgan, Baxshi Galandarli va koʻpgina boshqa rejisyorlar ilk qadamlarini qoʻygan, shunday Davlat teatri edi.[1][2]

Bokudagi ilk gastrollar tahrir

1978-yilda teatr katta gastroli bilan, himoya qidirib Ozarbayjon poytaxti Boku shahriga keladi. Teatr „Sən nə üçün yaşayırsan“ („Sen nega yashayapsan“), „Qızıl zəncir“ („Tilla zanjir“), „Hər evdə sevinc olsun“ („Har bir uyda kulgu boʻlsin“), „Əkizlər“ („Egizaklar“), „Daha bir qurban“ („Yana bir qurbon“), „Nəsrəddin“ („Nasriddin“) və „Məhəbbət yaşayır hələ“ („Sevgi hamon yashamoqda“) spektakllarini Musiqali Komediya Teatri va 26 Boku Komissarlari nomidagi Madaniyat Saroyida namoyish qilishdi. Bu safar davlat maqomini olgan Irevan teatrining 50 yilligiga bagʻishlandi. Spektakllar 14 noyabrdan 27 noyabrgacha davom etdi. Safar davomida 25 spektakl namoyish etildi va unga 16 mingdan ortiq tomoshabin keldi. Bu hodisa Respublika tarixida katta iz qoldirdi. Shu davr Respublika Prezidenti Geydar Aliyev milliy sanʼat, madaniyatga qiziqish bilan qaragan va uning bunday munosabati teatr tarixida oʻz izini qoldirdi. Aynan shunday gʻamxoʻrlik natijasida, Irevan teatri safari arafasida — 1978-yilning 24 noyabirida Ozarbayjon Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining Faxrli Yorliq bilan taqdirlangan. Shu jumladan, teatr xodimlari guruhi bir qator mukofotlar bilan taqdirlandilar — bosh rejisyor Tofik Agaev — xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, Tamilla Abdullaeva, Marietta Karimova va Vidadi Aliev — Ozarbayjonda xizmat koʻrsatgan artist hamda teatr direktori Xidayat, aktrisalar Elmira Ismailova, Raya Gafarovalar Ozarbayjon Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining Faxrli Yorligʻi bilan taqdirlandilar. Safarning soʻnggi kuni — 27 noyabrda, mukofotlar topshirilib, ularning kelgusi faoliyatiga omad tilashdi.[1][2]

Koʻchmanchi hayot kechiradigan teatr tahrir

1988-yilning kuz oylari. Teatr Ozarbayjonning Neftchala tumanida spektakl namoyish qilardi. Safarning soʻnggi kunida Irevan hududidagi barcha ozarbayjonliklar oʻz yashash joylaridan haydalganliklari haqida xabar keladi. Teatrning binosi armanilar tomonidan toptalib qurolli bosqinchilar tomonidan qoʻlga olindi.

Deportatsiyadan soʻng teatr oʻz faoliyatini Bokuda Milliy Akademik Dramatik Teatri qoshida teatr — studiya sifatida davom ettirdi va Absheron Madaniyat Saroyida joylashdi. 1995-yilda sanʼat va fan homiysi Geydar Aliyevning rahnamoligi va gʻamhoʻrligi natijasida teatrga davlat maqomi berildi. U hozirgi X.Sarab nomidagi Madaniyat Saroyida joylashdi. Bu teatrning tarixiy oʻtmishini saqlab qolish, uning anʼanalarini davom ettirish, manguligi uchun muhim qadam hisoblangan, Gʻarbiy Ozarbayjonni oʻzida aks ettirgan sanʼat ibodatxonasi edi. Irevon teatri bu yerda ham oʻz repertuari va faoliyati boʻyicha oʻz tomoshabiniga ega boʻlgan teatrga aylandi.

1998-yilning dekabr oyida Zalimxan Yagubaning ijodiy kechasida teatr jamoasi shoir „Didarginlyar“ asaridan parcha ijro etdi va jamoa bilan uchrashuvda davlat prezidenti teatr taqdiri bilan qiziqdi. Prezident Geydar Aliyev vazir Polad Byulbyuloglidan teatr holati haqida soʻradi. Madaniyat vaziri P.Byulbyulogli teatrning qiyin holati va teatr joylashgan binoning yomon ahvoli haqida gapirib berdi. „Nimani kutyapsizlar, chora koʻring… 117 yillik tarixga ega teatrni joylashtiring, uni asrash kerak“ — deb vazirga qatʼiy buyruqlar beradi.

Irevon Davlat Ozarbayjon Teatri bugun tahrir

2000-yilda, teatr rahbari tayinlanishi bilan, teatrga avvalgi nufuz, faoliyatini jonlantirish, anʼanalarini munosib ravishda davom ettirish maqsadida, professional nuqtai nazardan muayyan qadamlar qoʻyish talab etildi. Shu sababdan, teart Gʻarbiy Ozarbyjonda dramatik teatri hisoblanishiga qaramay, u bir necha janrlarda spektakllar tayyorladi. Bu Ozarbayjon teatri Gʻarbiy Ozarbayjonda yagona teatr boʻlgani bilan bogʻliq. Shu sababli teatr dramatik janr, musiqali komediya hamda komik janr asarlariga murojat qildi. Va biz, oʻz faoliyatimizni yoʻlga qoʻyib, teatr anʼanalarini tiklagan holda bu masalalarga eʼtibor qaratamiz. Shuning uchun dramatik asarlar bilan bir qatorda, repertuarda musiqali komediya uchun ham joy ajratildi. Bu yil oʻlmas musiqali janriga mansub U.Gadjibekovning „O olmasin bu olsun“ („U boʻlmasa bu boʻlsin“), S.Aleskerovning „Subaylarinizdan gyorasiniz“ asarlariga, milliy dramaturgiya, Gʻarbiy adabiyot klassikasiga murojat qildik va repertuarimizni boyitdik. Oʻz oldimizda yana bir maqsad qoʻydik: teatr Gʻarbiy Ozarbayjondagi ilk davridan boshlab koʻchmanchilar hayotini kechirdi. Va shu anʼanalarni davom ettirish uchun, 2000-yildan boshlab teatr mamlakatning barcha hududlariga gastrol safarlarini rejalashtirdi. Va bu safarlar bir nechtani tashkil etdi. Bu hududlarda tomoshabinlar oldida bir yilda bir necha marotaba chiqdik.

Oʻz spektakllarimiz — muhim asarlar, vatanparvarlik, lirik, dramatik mavzudagi yaxshi syujetlar va musiqali komediya janrlari bilan hududlar boʻylab gastrol safarlariga chiqdik. Bu shuningdek, teatr faoliyat yuritgan X.Sarab nomidagi Madaniat Saroyi teatr binosi emasligi, u yerda hech qanday sharoit yoʻqligi bilan ham bogʻliq edi, biz u yerda faqatgina repetitsiya qilar edik. Madaniyat va Turizm Vazirligi buyrugʻiga binoan, Boku shaharning besh yirik teatrlari — Milliy Akademik Drama Teatri, Rus Dramatik Teatri, Musiqali Komediya Teatri, Yoshlar Teatri va Ashula Teatrlarining har birida xaftasiga bir kun oʻynash huquqiga sazovor boʻlishdi.

Bu Gʻarbiy Ozarbayjonda uygʻonish davri koʻrinishidagi asarlarni tayyorlash imkoniyatini beradi. Yaʼni bu teatrni qochoqlar, kam taʼminlanganlar, sharoiti yoʻq va shunchaki faoliyat koʻrsatayotgan teatr deb nomlashini hohlamagan edik. Biz tomoshabinlar oldiga jamiyat diqqatini qozonadigan, tomoshabinni doimo qoniqtiradigan repertuar bilan chiqdik. Tayyorlangan spektakllarning katta qismini turli televideniye arxivlari uchun yozib oldik. Repertuarimizda milliy klassiklar, shuningdek, Chexov, Marsel asarlari, milliy dramaturglar — Anar, Elchin, Xidayat, Rustam Ibragimbekov asarlari mavjud. Repertuarimiz xilma- xildir.

Oʻtgan yil Madaniyat va Sport Vazirligi „N.Narimanov“ nomidagi kinoteatrda joylashishga imkon berdi. Bu kinoteatr hozirda Madaniyat Markazi sifatida qayta rejalashtirildi. U yerda kinoteatr bilan birga teatr va boshqa madaniy muassasalar joylashtiriladi. Hozirda teatrning yarmi Sarab nomidagi Saroyda, ikkinchi yarmi esa — „N.Narimanov“ nomidagi kinoteatrda faoliyat yuritmoqda. Repetitsiya qilish imkoniyati yoʻqligi sababli dekoratsiya va kostyumlarning bir qismi „N.Narimanov“ nomidagi kinoteatrga koʻchirildi.

Kundalik foydalanish uchun moʻljallangan buyumlar Sarab nomidagi Madaniyat Markazida saqlanadi. Bu bino spektakllarimizni birlamchi repetitsiyasi uchun kerak. Teatrimiz oʻzining shoh spektaklini oʻz vatanida namoyish etishini istaymiz. Gullar dastasini oyoqlariga sochgan boʻlardik. Shu kunlar ham nasib qilsin.[3][4][5][6]

Havolalar tahrir

Almaz, Ulvi. „Irevan Teatri“. Xalq gazetasi (2006-yil 7-oktyabr).[sayt ishlamaydi]

Xorijiy oʻtishlar tahrir

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 „Irevan Davlat Ozarbayjon Drama Teatri“. Ozarbayjon Teatri.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Teatr“. www.iravan.info.
  3. „arxiv nusxasi“. 2017-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-mart.
  4. arxiv nusxasi, 2017-03-16da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-03-15
  5. http://kars.mfa.gov.az/news/4/3015
  6. „arxiv nusxasi“. 2017-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-mart.