Sergey Yesenin
Sergey Aleksandrovich Yesenin (3-oktabr, 1895 — 28-dekabr, 1925) — iqtidorli rus lirik shoiri va yozuvchisi. Yesenin „chinakam xalqona shoir“ deb nom taratgan. Shoir oʻz sheʼrlarida oddiy xalq, dehqonlar, rus qishlogʻidagi hayot va tabiat haqida yozgan. 20-asrning eng mashhur rus shoirlaridan boʻlishiga qaramay, Yesenin 30 yoshida oʻz joniga qasd qilgan. Sergey Yeseninning sheʼrlarini oʻzbek shoiri Erkin Vohidov buyuk mahorat bilan oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
Sergey Yesenin | |
---|---|
Серге́й Алекса́ндрович Есе́нин | |
Tavalludi |
3-oktyabr 1895-yil Konstantinovo, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
27-dekabr 1925-yil (30 yoshda) Sankt Peterburg, SSRI |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi, Russian Republic, Rossiya SFSR va SSSR |
Hayoti
tahrirSergey Yesenin 1895-yil 3-oktabrda Rossiyaning Ryazan shahri atrofidagi Konstantinovo qishlogʻida tavallud topgan. Hozirgi kunda bu qishloq Yesenin qishlogʻi deb ataladi. Yesenin 1920-yillarda bir necha marotaba AQShga va Yevropaga borgan. Umrining oxirida Yeseninning hayoti algʻov-dalgʻov boʻlib ketgan. 1925-yil Sankt Peterburgdagi Angleter mehmonxonasida Yesenin oʻzini osib qoʻygan.[1] Shoir Moskvada dafn etilgan.
Ijodi
tahrirShoir sifatida
tahrirYeseninning birinchi sheʼriy toʻplami „Radunitsa“ 1916-yilda chop etilgan. Ilk sheʼriy toʻplamidayoq shoir qalb holatlarini nozik tuygʻularda berishni, tabiat bilan bogʻliq ruhiy kechinmalarni ifodalashning ustasi, qishloq hayoti, xalq tili va qalbining bilimdoni ekanligini namoyish etgan. 1919-1922-yillarda Yesenin imajinist (ijodning maqsadini asarning mazmuniga mos kelishi shart boʻlmagan obrazlarni oʻylab topishda deb tushunuvchi)lar guruhida boʻlgan.
„Moskva mayxonalari“ (1924) va boshqa turkum sheʼrlarida, „Qora odam“ (1925) dostonida shahar hayotining yaramas tomonlari, qishloqni xonavayron qilayotgan „taraqqiyot“ haqqoniy aks ettirilgan. Yesenin „Anna Snegina“ (1925) dostoni hamda „Shoʻro Rusi“, „Zamin dargʻasi“ (1925) toʻplamlarida „kommuna oyoqqa turgʻizayotgan Rus“ni anglashga harakat qilsa ham, oʻzini „oʻtmishga aylanayotgan Rus“ning shoiri deb bildi.
1924-1925-yillarda Yesenin Oʻrta Osiyo va Kavkazorti mintaqalarida sayohatda boʻlgan. Yesenin qisqa boʻlsa-da Toshkentda ham yashagan, Samarqand shahrida boʻlgan. Yeseninning „Fors taronalari“ (1924-1925) deb nomlangan sheʼrlar turkumi Kavkazort oʻlkalarga sayohat chogʻida yaratilgan. „Fors taronalari“ sheʼrlar turkumi Hofiz, Saʼdiy Sheroziy, Umar Xayyom kabi sharq ijodkorlariga cheksiz hurmat-ehtirom mahsuli sifatida dunyoga keldi.
„Tanlangan sheʼrlar“, „Zamin dargʻasi“, „Lirika: sheʼrlar, dostonlar“ sheʼriy toʻplamlari Erkin Vohidov tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1965, 1970, 1981). 1985-yil Toshkentda shoirning uy-muzeyi ochilgan.
Yesenin oʻlimidan bir kun avval doʻstiga atab sheʼr yozgan. Shoirning eng mashhur misralaridan biriga aylangan bu sheʼrni Erkin Vohidov oʻzbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan:
Rus tilida
Do svidanya, drug moy, do svidanya. |
Erkin Vohidov tarjimasi
Xayr endi, xayr, doʻstginam, |
Yozuvchi sifatida
tahrirYesenin faqat sheʼr yozib qolmay bir qancha hikoya ham yozgan. „Jar“ (1916) qissasi, „Bobil va Drujok“ (1917) hikoyasi, „Temir Mirgorod“ ocherkida Yeseninning nasriy imkoniyatlarini namoyish etgan.
Manbalar
tahrir- ↑ "Sergey Aleksandrovich Yesenin". Microsoft® Student 2009 [DVD]. Redmond, Vashongton: Microsoft Corporation. 2008.
Havolalar
tahrir„Fors taronalari“ sheʼrlar toʻplami (Wayback Machine saytida 2012-07-13 sanasida arxivlangan)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |