Yettiurugʻ — oʻzbek qipchoqlar tarkibidagi yirik urugʻlar guruhi. Asosan, Zarafshon daryosining oʻrta oqimida, qisman Toshkent vohasida yashagan. Ye. qozoq va qirgʻizlar tarkibida ham bor. Ye. oytamgʻali, qoʻshtamgʻali, sirgʻali, qamchili, juvonli, samanotli, choʻmichli urugʻlaridan iborat boʻlgan. Ye. tarkibidagi bu urugʻ nomlari oʻzbeklarning boshqa yirik qabilalari tarkibida ham uchraydi. Masalan, oytamgʻali qoʻngʻirot, doʻrmon, quramada; qoʻshtamgʻali-nayman, yuz, Surxondaryo viloyatida yashovchi chagʻatoy va b. qabilalarda. Ye. oʻzbek xalqi tarkibiga singib ketgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil