Yevropa iqtisodiy hamjamiyati

Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (YEIH) — mintaqaviy integratsiya tashkilotlaridan biri. 1957 y.da Rim shartnomasiga koʻra tuzilgan, baʼzida "Umumiy bozor" deb ham atalgan. Dastlab Yevropadagi 6 mamlakat (Fransiya, Germaniya, Italiya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg) tashkilot aʼzosi boʻlgan, keyin Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya (1973 y.dan), Gretsiya (1981 y.dan), Ispaniya, Portugaliya (1986 y.dan) qoʻshilgan. YEIH qitʼada — iqtisodiy taraqqiyot darajasini koʻtarish yoʻli bilan yagona iqtisodiy makonni vujudga keltirishga xizmat qildi. 1993 y. Yevropa Ittifoqiga tarkibiy qism boʻlib kirdi. [1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil