Yevtushenko Yevgeniy Aleksandrovich (1933.18.7, Irkutsk viloyati) — rus shoiri. Birinchi sheʼriy toʻplami „Kelajak razvedkachilari“ (1952). Yevtushenko adabiyotni kompartiyaning gʻoyaviy quroliga aylantirmay, asl holiga qaytarishga — insoniyatning madadkoriga aylantirishga harakat qilgan. Eng yaxshi asarlarida murakkab ahloqiy va tarixiy masalalarni („Stalin vorislari“, „Babiy Yar“ sheʼrlari), xalqaro siyosatga daxldor muammolarni oʻrtaga tashlaydi, ijodida fuqarolik ruhi ustuvor mavqega ega. „Uchinchi qor“ (1955), „Tashabbuskor- lar koʻchasi“ (1956), „Nazokat“ (1962), „Bratsk GESi“ (1965), „Aloqa qayigʻi“ (1966), „Oppoq qor yogʻyapti“ (1969), „Qozon dorilfununi“ (1970), „Ishqiy lirika“ (1973), „Ertalabki xalq“ (1978), „Fuku“ (1985) kabi toʻplamlari va dostonlari nashr etilgan. „Mevali joylar“ (1981) romani ahloqiy mavzuda. „Isteʼdod — betakror moʻjiza“ (1983) makolalar toʻplami adabiyotshunoslik masalalari toʻgʻrisida. „Bolalar bogʻchasi“ (1984), „Stalinning dafn etilishi“ (1990) filmlari muallifi. Yevtushenkoning „Oq qorlar“ sheʼriy toʻplami oʻzbek tilida nashr kilingan (1982)[1].

Yevgeniy Aleksandrovich Yevtushenko
Евгений Александрович Евтушенко
Tavalludi
Yevgeniy Aleksandrovich
Gangnus

18-iyul 1932-yil (1932-07-18) (92 yosh)
Vafoti 1-aprel 2017
Fuqaroligi SSSR va Rossiya
Otasi Q125631960?
Veb-sayti Yevtushenko

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir