Yolanda Adams
Yolanda Adams (1961-yil 27-avgust, Xyuston, Texas) – amerikalik qoʻshiqchi va radio boshlovchi. Nielsen SoundScan maʼlumotlariga koʻra, 2009-yilda Adamsning musiqiy albomlari Qoʻshma Shtatlarda 4,5 milliondan ortiq nusxada sotilgan. 2013-yil aprel holatiga koʻra, Adams oʻzing 12 ta studiyaviy albomlarini chiqardi, ulardan toʻrttasi gospel janridagi xit-paradda eng yuqori oʻrinni egallagan. Qoʻshiqchi toʻrtta Grammy mukofotini qoʻlga kiritgan.
Yolanda Adams | |
---|---|
Tavalludi |
27-avgust 1961-yil |
Janrlar | gospel |
Kasbi | qoʻshiqchi, radio boshlovchi |
Faoliyat yillari | 1987-yildan |
Leybllar | Sound of Gospel, Atlantic Records, Columbia Records |
Fuqaroligi | AQSh |
Veb-sayt | yolandaadamslive.com |
Hayoti
tahrirYolanda Adams jazz, klassik musiqa ijrochilari James Cleveland, Edwin Hokiks va R&B qoʻshiqchilari Stevie Wonder, Nancy Wilson kabilarning qoʻshiqlarini tinglab oʻsgan. 1980-yillarda musiqiy faoliyatini boshlashdan oldin, Xyustondagi maktabda oʻqituvchi hamda ozroq muddatda fotomodel sifatida ham ishlagan.
1988-yilda Sounds Of Gospel leybli Adamsning Just as I Am debyut albomini chiqardi. Dastlab qoʻshiqchi xristian musiqasini ijro etishda dunyoviy musiqa va modadan foydalanganligi uchun xristian jamiyati tomonidan tanqid qilingan. 1990-yillarning oʻrtalarida gospelning mashhurligi Adamsning faoliyatiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi. Qoʻshiqchi Kirk Franklin & The Family guruhi bilan birgalikda gastrollarda boʻlgan. Uning 1996-yilgi Yolanda Live in Washington konsert albomi Grammy mukofotiga nomzod boʻlgan.
1999-yilda Adams oʻzining eng muvaffaqiyatli Mountain High… Valley Low albomini chiqargan va albom Qoʻshma Shtatlarda 1,3 million nusxada ortiq sotilgan hamda qoʻshiqchiga oʻzing ijodidagi birinchi Grammy mukofotini keltirgan.
Shaxsiy hayoti
tahrirAdams 1987-yildan 1990-yilgacha Troy Mason bilan er va xotin boʻlib yashashgan[1]. 1997-yilda Yolanda NFL futbolchisi Tim Crawfordga turmushga chiqqan. 2001-yilda juftlikning Taylor Ayyana Adams Crawford ismli qizi tugʻilgan[2]. 2004-yil avgust oyida Adams va Crawford 7 yillik nikohdan keyin ajrashishdi.
Diskografiyasi
tahrir- 1987 – Just as I Am
- 1991 – Through the Storm
- 1993 – Save the World
- 1995 – More Than A Melody
- 1998 – Songs from the Heart
- 1999 – Mountain High… Valley Low
- 2000 – Christmas With Yolanda Adams
- 2001 – Believe
- 2002 – The Experience
- 2005 – Day By Day
- 2007 – What a Wonderful Time
- 2011 – Becoming
Manbalar
tahrir- ↑ „Twice Divorced Gospel Singer Yolanda Adams“ (en). 2015-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-avgust.
- ↑ [christianmusic.about.com/od/alprofiles/p/yolandaadams.htm „Yolanda Adams Biography“]. Christianmusic.about.com (1961-yil 27-avgust). 2011-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 20-noyabr.