Yorugʻlik qabul qilgichlar -elektromagnit toʻlqinlarni, yaʼni optik nurlanishlar energiyasini boshqa turdagi energiyaga aylantiradigan, yorugʻlik oqimini qayd qilish yoki oʻlchashga imkon beradigan qurilma. Ularning xossalarini, turlarini ifodalaydigan muhim parametrlari boʻsagʻa sezgirligi, oʻzgartirish koeffitsiyenti, spektral koʻrsatkichlari, vakt doimiysi va b. hisoblanadi. Yorugʻlik qabul qilgichlar issiqlik, fotoelektr, fotokimyoviy va vizual xillarga boʻlinadi. Radiometrlar, pnevmatik yoki optik akustik qabul qilgichlar, termoelementlar, termoustunlar, bolometrlar issiql i k Yorugʻlik qabul qilgichlar hisoblanadi. Fotoelektr Yorugʻlik qabul qilgichlar — tashqi va ichki fotoeffektga asoslangan, ularning ishi tushayetgan yorugʻlikning kvant energiyasi hv ga bogʻliq (y — Plank doimiysi, v — yorugʻlik chastotasi). Bunday Yorugʻlik qabul qilgichlarga tashqi fotoeffektli fotoelementlar, berkituvchi katlamli fotoelementlar — ventil fotoelementlar, ichki fotoeffektli fotoqarshiliklar, fotodiodlar, fotoelektron kuchaytirgichlar va foton hisoblagichlar misol boʻladi. Fotokimyoviy Yorugʻlik qabul qilgichlar elektromagnit nur taʼsirida fotokimyoviy reaksiyalar oʻtishiga asoslangan. Bunga zamonaviy fotografiyada ishlatiladigan barcha turdagi fotoqatlamlar taalluqli. Vizual Yorugʻlik qabul qilgichlar nurlarning fiziologik taʼsiriga asoslanadi (qarang Koʻz). Yorugʻlik qabul qilgichlar texnikada, ilmiy tadqiqotlarda, kimyo sanoati va hokazolarda muhim. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil