Yorugʻlikning qaytishi - sindirish koeffitsiyenti turlicha boʻlgan ikki muhit chegarasi sirtiga tushuvchi yorugʻlikning oʻzi kelayotgan muhitga qisman yoki toʻla qaytishi. Ikki muhit chegarasining xossalari qanday boʻlishiga qarab, Yorugʻlikning qaytishining tabiati ham turlicha boʻlishi mumkin. Agar chegara notekisliklari oʻlchami yorugʻlik toʻlqini uzunligidan kichik boʻlsa, bunday sirt koʻzgusimon sirt deb ataladi. Shunday sirt (mas, silliq shisha sirti, yaxshilab jilolangan metall sirti, simob tomchisining sirti va b.)ga ingichka parallel nurlar dastasi tarzida tushadigan yorugʻlik nurlari sirtdan qaytgandan keyin ham parallel nurlar dastasi koʻrinishida qoladi. Yorugʻlikning bunday qaytishi tekis qaytish deb (1rasm), yorugʻlikni tekis qaytaruvchi sirt koʻzgu deb ataladi. Bu holda tushayotgan AS nur bilan MM, sirtning nur tushayotgan S nuqtasiga oʻtkazilgan CN normal orasidagi burchaka gayorugʻlikningtushi sh burchagi deyiladi. Qaytgan S5nurbn CN normal orasidagi a’ burchak yorugʻlikning qaytish burchagi boʻladi. Singan CD nur bilan CW, normal orasidagi r burchak sinish burchagi deyiladi (2rasm). Yorugʻlikning qaytishi quyidagi qonunga boʻysunadi: 1) tushuvchi AS nur va ikki muhit chegarasida nurning tushish nuqtasidan chiqarilgan CN normal qaysi tekislikda yotsa, qaytgan nur SV ham shu tekislikda yotadi; 2) qaytish burchagi tushish burchagiga teng boʻladi, yaʼni a=a’. Qaytgan yorugʻlikning intensivligi tushayotgan yorugʻlik nurining qutblanishiga, tushish burchagiga hamda birinchi va ikkinchi muhitlarning sindirish koʻrsatkichlari l va p2 ning oʻzaro munosabatiga bogʻliq. Agar sirtdagi notekisliklarning oʻlchami yorugʻlik toʻlqini uzunligiga oʻlchovdosh yoki undan katta boʻlsa, ingichka shuʼla chegarada sochiladi. Yorugʻlik nurlari qaytgandan keyin turli yoʻnalishlarda tarqalsa, bunday qaytish tarqoq qaytish (yoki diffuz qaytish) deb ataladi (3rasm). Yorugʻlikning fazo boʻyicha taqsimoti Lambert qonuni boʻyicha aniqlanadi. Oʻzi yorugʻlik tarqatmaydigan buyumlarni ulardan yorugʻlikning xuddi shu tarqoq qaytishi tufayligina koʻramiz. Hatto juda silliq sirtdan ham yorugʻlik juda oz darajada sochiladi. Aks hrlda biz bunday jismlarning sirtini koʻra olmagan boʻlar edik. Baʼzi tabiiy hodisalar, mas, sahrodagi sarob Yorugʻlikning qaytishi hodisasiga asoslanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil