Yunusxon maqbarasi
Yunusxon maqbarasi — Toshkentdagi meʼmoriy yodgorlik (15-asr); Islom universiteti hududida joylashgan. Toshkent hokimi Yunusxon vafoti (1487)dan soʻng Shayxontohur qabristonida Yunusxonning oʻgʻli Ahmadxon (Olachaxon) tomonidan qurdirilgan deb taxmin etiladi, qurilish keyingi davrlarda ham davom ettirilgan. Maqbara toʻrtburchak tarhli (21,2×22 m), peshtoqgumbazli, katta xona (7×7 m), ikki yonida qoʻsh qavatli hujralardan iborat. Binoning tashqi gumbazi, peshtoq ravogʻi (19-asr da) buzilib ketgan, bezaklari saklanmagan, bino bir necha marta taʼmirlangan. Xonaqohning ichki qismiga ganchkori naqshlar, muqarnaslar ishlangan. 1970y.larning oxirida Yunusxon maqbarasi ning vayron boʻlgan qismlari tiklandi; 1999—2005 yillarda taʼmirlandi.
Yunusxon maqbarasi | |
---|---|
![]() Yunusxon maqbarsining old tomondan koʻrinishi | |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | davlat himoyasida |
Turi | maqbara |
Joylashuvi | Shayhontohur majmuasi |
Manzili | Abdulla Qodiriy koʻchasi |
Shahar | Toshkent |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Koordinatalar | 41°11′32″N 69°09′10″E / 41.192329°N 69.15265°E G OKoordinatalari: 41°11′32″N 69°09′10″E / 41.192329°N 69.15265°E G O |
Texnik holati | |
Material | pishgan gʻisht |
Qavatlar soni | 2 qavat |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |