Yuriy Ivanovich Kulakov (1936-yil 25-fevral, Qizil-Arvat) — Qoraqalpogʻiston Respublikasi sovet va oʻzbek madaniyat va sport arbobi, voleybol boʻyicha Butunittifoq toifasidagi hakam, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi murabbiyi va oʻqituvchisi.

Tarjimai hol tahrir

Yuriy Ivanovich Kulakov 1936-yil 25-fevralda Turkmanistonning Qizil-Arvat (hozirgi Serdar) shahrida tugʻilgan. 1954-yilda Qizil-Arvat shahar 5-sonli temir yoʻl maktabini tamomlagan. Oʻqishni bitirgandan keyin Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining jismoniy tarbiya fakultetiga oʻqishga kirdi. Institutda oʻqishni tamomlab, 1959-yilda Qoraqalpogʻiston davlat pedagogika institutiga ishga yuborilib, ayni kungacha ushbu ta’lim maskanida faoliyat yuritib keladi.

Mehnat faoliyati tahrir

  • 1959—1966-yillarda “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” kafedrasi oʻqituvchisi, katta oʻqituvchisi.
  • 1966—1978-yillarda jismoniy tarbiya fakulteti dekani
  • 1979-yildan universitet partiya qoʻmitasi kotibi
  • 1979—1981-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Jismoniy tarbiya qoʻmitasi raisi.
  • 1981—1983-yillarda Koraqalpogʻiston davlat universiteti sport kafedrasi mudiri
  • 1983—1987-yillarda Koraqalpogʻiston davlat universiteti birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasi raisi.
  • 1987—1988-yillarda Jismoniy tarbiya fakulteti dekani
  • 1988—1991-yillarda universitet partiya qoʻmitasi kotibi
  • 1991—1992-yillarda Koraqalpogʻiston davlat universitetining tarbiyaviy ishlar boʻyicha birinchi prorektori
  • 1993—2007-yillarda “Jismoniy tarbiya” kafedrasi hamda “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” kafedrasi mudiri.
  • 1997-yil – hozirgi kungacha universitet sport klubi raisi

Darajalari tahrir

  • Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan “Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” (Birinchi mukofotlanganlar qatorida Yu.I.Kulakov, D. G.Lyan va A. Madaminovlar) unvoni beriladi
  • 1976-yil — “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jismoniy tarbiya va sport xodimi” unvoni beriladi (Qoraqalpogʻistondan birinchilardan boʻlib Yu. I. Kulakov, E. F.Chalova mukofotlanadi).
  • 1974-yil — Qoraqalpogʻiston Respublikasida birinchi va hozirgi kungacha yagona boʻlgan voleybol boʻyicha Butunittifoq toifali hakamlik unvoni beriladi.
  • 1994-yil — Dosent ilmiy unvonini oladi.

Nashr etilgan kitoblari tahrir

Kulakov sport va sportchilar toʻgʻrisida uchta kitob yozadi va chop etadi.

  1. 2010-yil — „Eng yaxshi“ taniqli sportchilar va murabbiylar R.K. (ISBN 978-9943-346-79-6)
  2. 2012-yil — “Qoraqalpogʻistonda voleybol” (qoraqalpoq va rus tillarida)
  3. 2014-yil — “Oʻzbekistonda voleybol”nomli birinchi kitob 1925—1991-yillarni qamrab oladi (V.F.Shveduks bilan hammualliflikda oʻzbek va rus tillarida)

Hakamlik faoliyati tahrir

Yu.I.Kulakov umumittifoq toifali hakam sifatida voleybol musobaqalarini boshqargan.

  • Moskva shahridagi Butunjahon Universiadasi — 1973-yil
  • Ittifoq maktab oʻquvchilarining spartakiadasi
  1. Olmaota shahri, 1974-yil 
  2. Lvov shahri 1976-yil
  3. Toshkent shahri, 1978-yil
  4. Toshkent shahri, 1982-yil  
  • Voleybol boʻyicha ayollar jamoalari oʻrtasida Butunittifoq yoshlar oʻyinlari
  1. Daugavpils shahri, Latviya, 1978-yil
  2. Daugavpils shahri, Latviya, 1982-yil
  • SSSR chempioni unvoni uchun Rossiya va Ukraina jamoalari oʻrtasidagi oʻyin (3:0). Birinchi hakamlik sifatida faoliyati.
  1. Daugavpils shahri, Latviya, 1982-yil
  • SSSR xalqlari spartakiadasi - erkak jamoalari
  1. Moskva shahri, 1975-yil
  2. Moskva shahri, 1979-yil

Yuqoridagi barcha musobaqalarda (Toshkent shahridan tashqari) Oʻzbekistondan yagona hakam Y.I.Kulakov boʻladi.

  • 1962-1982 yillarda birinchi va oliy liga erkak va ayollar jamoalari oʻrtasidagi Ittifoq chempionatida hakamlik qiladi.

Sport faoliyati tahrir

Qoraqalpogʻiston terma jamoasi tarkibida Oʻzbekiston SSR chempionatlarida ishtirok etgan.

  • 1959-yildan—1972-yilgacha voleybol
  • 1959-yildan—1967-yilgacha basketbol
  • 1960-yildan — 1970-yilgacha futbol

Havolalar tahrir