Yuriy Evgenievich (Evgenovich) Shenger (1904 - 1974) - sovet iqtisodchisi, iqtisod fanlari doktori (1961), professor (1961).

Yuriy Evgenyevich Shenger
Tavalludi 1904-yil 24-may
Rus imperiyasi
Vafoti 1974-yil 19-dekabr (70 yosh)
Toshkent
Ish joylari Leningrad, Moskva va Toshkent universitetlari
Taʼlimi Leningrad davlat universiteti
Ilmiy darajasi Iqtisodiyot fanlari doktori
Ilmiy unvoni Professor
Mukofotlari

Tarjimai holi tahrir

1904-yil 24-mayda tugʻilgan.

1924-yilda Leningrad davlat universitetining iqtisod fakultetini tamomlagan.

1924—1936-yillarda SSSR Davlat bankining Leningrad idorasida ishlagan; bir vaqtning oʻzida F.Engels nomidagi Leningrad xalq xoʻjaligi institutida (1926-yildan) bank ishi, pul va kredit nazariyasi fanidan, keyin - Leningrad moliya-iqtisod institutida (1930-yildan) dars bergan.

1936—1940-yillarda SSSR Davlat banki boshqaruvi kotibiyatida katta maslahatchi, SSSR Davlat bankining rejalashtirish-iqtisodiy boʻlimi mutaxassisi boʻlgan. Shu bilan birga, 1938—1939-yillarda Moskva kredit-iqtisodiyot institutining pul muomalasi va kredit kafedrasi mudiri boʻlgan[1].

Ulugʻ Vatan urushi paytida evakuatsiya qilingan. 1941—1945-yillarda SSSR Davlat banki boshqird idorasining qishloq xoʻjaligini kreditlash sektori boshligʻi, Olmaota kredit-iqtisodiyot institutida oʻqituvchi boʻlgan. 1946-yildan Toshkent xalq xoʻjaligi institutida (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) kafedra mudiri boʻlib ishlagan. 1955—1974-yillarda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti ilmiy ishlar boʻyicha prorektori boʻlib ishlagan[2].

Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi. “Shon-sharaf belgisi” ordeni va medallari bilan taqdirlangan.

1974-yil 19-dekabrda Toshkentda vafot etgan, shahardagi Botkin qabristoniga dafn etilgan.

Xotira tahrir

  • Boshqirdiston Respublikasi Milliy banki tarixi muzeyida Ufada Ulugʻ Vatan urushi yillarida ishlagan olimlar — Yuriy Yevgenyevich Shenger va Natalya Nikolayevna Shabanovaga bagʻishlangan maxsus ekspozitsiya tashkil etilgan[3].

Ilmiy ishlar tahrir

  • Moliyaviy rejalashtirish. Moskva: „Gosfinizdat“, 1940;
  • Kreditni rejalashtirish. Moskva; Leningrad: „Gosplanizdat“, 1940;
  • Sovet krediti boʻyicha ocherklar, Moskva: „Gosfinizdat“, 1961;
  • Kredit va korxona, Moskva: Moliya, 1973;
  • Sotsialistik jamiyatda pul muomalasi va kredit muammolari /Toshkent xalq xoʻjaligi instituti. Toshkent: FAN, 1983.

Manbalar tahrir

  1. Финансовая академия при Правительстве Российской Федерации: история и современность. Колл. авт. / под общ. ред. ректора Финансовой академии М. А. Эскиндарова. — М.: Финансы и статистика, 2009. — 448 с.: ил. ISBN 978-5-279-03406-2.
  2. „Шенгер Юрий Евгеньевич“. 2018-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-aprel.
  3. „Национальная идея и немцы в Узбекистане“. 2011-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-aprel.

Havolalar tahrir