Yusuf as-Sobiriy
adib, olim
(Abulmaoliy) Yusuf ibn Muhammad al-Faqimiy as-Sobiriy (taxminan hijriy 530-yil (milodiy 1135-yil)da vafot etgan) Sobir dahasidan, sermahsul adib bo‘lgan. U chuqur bilimli adiblardan sanalib, turli ilmlar bo‘yicha olim edi, arab va ajam (fors) tillarida yaxshi sheʼrlari bor. Ayniqsa, arab tilida go‘zal sheʼrlar bitgan. U ko‘plab olimlardan rivoyat qilgan bo‘lib, o‘z navbatida, undan ham ko‘plab olimlar rivoyatlar keltirgan[1].
Yusuf as-Sobiriy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | milodiy 1135-yil (hijriy 530-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | adib, olim |
Manbalar
tahrir- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 97-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |