Bosh menuni ochish

Józef Klemens Piłsudski (polakcha: ˈjuzɛf piwˈsutski ( tinglang), 5-dekabr 1867 – 12-may 1935) Polsha davlat arbobi, prezidenti (1918–22), marshali (1920-yildan) boʻlgan. Birinchi jahon urushi oʻrtalaridan u Polsha siyosatiga katta taʼsir koʻrsatib, Yevropa siyosiy sahnasining muhim shaxslaridan biri boʻlgan.[1] U 1918-yili Ikkinchi Polsha Respublikasi yaratilishiga masʼul boʻlgan.[2][3][4] Żeligowski isyonidan keyin Polsha Piłsudski boshchiligida Vilnusni bosib oldi, biroq Litvaning katta qismini yangi Polsha davlatiga qoʻsha olmadi.[5]

Józef Klemens Piłsudski
Józef Piłsudski

Mansabda boʻlgan yillari
14-noyabr 1918 – 11-dekabr 1922
Yordamchi(lar)   Ignacy Daszyński, Jędrzej Moraczewski, Ignacy Jan Paderewski, Leopold Skulski, Władysław Grabski, Wincenty Witos, Antoni Ponikowski, Artur Śliwiński, Julian Nowak
Keyingi prezident Gabriel Narutowicz

Tavalludi

5-dekabr 1867-yil(1867-12-05)
Zułów (lit. Zalavas), Litva, Rossiya Imperiyasi
Vafoti 12-may 1935-yil(1935-05-12)
(67 yoshda)
Varshava, Polsha
Siyosiy partiya PPS
yoʻq
Turmush oʻrtogʻi Maria Piłsudska;
Aleksandra Piłsudska
Imzo Józef Piłsudski Signature.svg

Faoliyati boshida Piłsudski Polsha sotsialist partiyasi rahnamosi boʻlgan. Biroq Polsha mustaqilligi uchun nafaqat siyosiy, balki harbiy kurash ham olib borish kerakligini tushungani tufayli Polsha legionlarini tuzgan. 1914-yili u Yevropa urushi boshlanishini, Rossiya Imperiyasining Markaziy davlatlar tomonidan, Markaziy davlatlarning esa gʻarb kuchlari tomonidan yengilishini kutgan edi.[6][7] Birinchi jahon urushi boshlanganida u va uning legionlari Avstriya-Mojariston va Olmon Imperiyasi tomonida Rossiyaga qarshi jang qildi. 1917-yili Markaziy davlatlarni qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatdi.

1918-yil noyabrida Polsha mustaqil boʻlganidan to 1922-yilgacha Piłsudski Davlat Raisi (pol. Naczelnik Państwa) boʻlgan. 1919–21-yillarda u Polsha qoʻshinlarini Polsha-Sovet urushida boshqardi. 1923-yili Polsha hukumatida Milliy demokratlar boshliq muxolifatlar yigʻilishi bilan u faol siyosatdan chiqdi. Uch yil oʻtib, 1926-yil mayidagi toʻntarilish ketidan yana mansabga oʻtirdi va de facto Polsha yetakchisiga aylandi. Varshavadagi Italiya elchisi unga „qadimgi ritsarlar kiyimidagi liberal demokrat“ deb baho bergan.[8] Shundan soʻng Piłsudski vafotigacha (1935) asosan harbiy va tashqi siyosiy ishlar bilan shugʻullangan.

Oʻlimiga qadar oʻttiz yil davomida Piłsudski bir-birini toʻldiruvchi ikki strategiya: "Prometeizm", Rossiya Imperiyasi va Sovet Ittifoqini parchalashga harakat; hamda Polsha va qoʻshni mamlakatlardan iborat Dengizlararo federatsiya qurishga intilish bilan ish olib borgan. Ayrim siyosiy amallari ziddiyatlarga sabab boʻlgan esa-da, Piłsudski xotirasi Polsha vatanparvarlari tomonidan qadrlanib keladi.[9][10][11][12]

ManbalarTahrirlash

  1. Plach, Eva (2006). The Clash of Moral Nations: Cultural Politics in Pilsudski's Poland, 1926–1935. Athens, Ohio: Ohio University Press. ISBN 978-0-8214-1695-2. 
  2. p. 159.
  3. p. 249.
  4. Norman J.G. Pounds, "Poland," Encyclopedia Americana, vol. 22, Danbury, Connecticut, 1986, p. 318.
  5. Jozef Piłsudski and the Polish Independence – The Myth of the Commander
  6. Roos, Hans (1966). A History of Modern Poland, from the Foundation of the State in the First World War to the Present Day, 1st American, New York: Knopf. OCLC 396836. 
  7. Rothschild, Joseph (1990). East Central Europe Between the Two World Wars. Seattle: University of Washington Press. ISBN 978-0-295-95357-1. 
  8. National identity and foreign policy: nationalism and leadership in Poland, Russia and Ukraine Ilya Prizel, Cambridge University Press, 1998, p. 60
  9. Torbus, Tomasz (1999). Nelles Guide Poland. Munich: Hunter Publishing. ISBN 978-3-88618-088-2. 
  10. Goldfarb, Jeffrey C. (1991). Beyond Glasnost: The Post-Totalitarian Mind. Chicago: University of Chicago Press. ISBN 978-0-226-30098-6. 
  11. Drozdowski, Marian Marek; Szwankowska, Hanna (1995). "Przedmowa", Pożegnanie Marszałka: Antologia tekstów historycznych i literackich (in Polish). Warsaw: Towarzystwo Miłośników Historii—Komisja Badań Dziejów Warszawy Instytutu Historii PAN: Oficyna Wydawnicza "Typografika". ISBN 978-83-86417-18-6. 
  12. Roshwald, Aviel; Stites, Richard (2002). European Culture in the Great War: The Arts, Entertainment and Propaganda, 1914–1918. Cambridge, U.K.; New York: Cambridge University Press. ISBN 978-0-521-01324-6. 

HavolalarTahrirlash