Zamburugʻli pnevmoniya bu oʻpkalarning zamburug‘lar bilan zararlanishi hisoblanadi. U endemik yoki opportunistik zamburugʻlar yoki ikkalasining kombinatsiyasi tufayli kelib chiqishi mumkin. Zamburugʻli pnevmoniyalarda oʻlim holatlari immunitet tanqisligi bilan kasallangan bemorlarda 90% gacha kuzatiladi[1][2]. Immunokompetent bemorlarda, odatda, zamburugʻlarga qarshi terapiya muvaffaqqiyatli oʻtadi.

Zamburug‘li pnevmoniya
Zamburug‘li pnevmoniyani ko‘rsatadigan (o‘pka aspergillyozi) H&E bo‘yog‘i
Mutaxassislik Infeksion kasalliklar, Pulmonologiya

Belgilari

tahrir

Zamburugʻli pnevmoniya umumiy gripp yoki boshqa keng tarqalgan kasalliklar bilan bir xil namoyon boʻlishi mumkin. Simptomlar koʻpincha isitma, yo‘tal, bosh og‘rig‘i, mushaklar ogʻrigʻi va boʻgʻimlardagi ogʻriqni oʻz ichiga oladi. Bu davolanish kechikishiga yoki umuman davolanishga ehtiyoj qolmasligiga olib kelishi mumkin[3].

Odamlarning juda oz qismida zamburugʻli pnevmoniya surunkali pnevmoniya, fungemiya, meningit yoki hatto oʻlimga olib kelishi mumkin. Biroq bu holat juda kam uchraydi va aksariyat holatlarda kasallik davolanmaydi, xabar qilinmaydi yoki alomatlarsiz oʻtadi.

Patofiziologiyasi

tahrir

Zamburugʻlar odatda oʻz sporalari bilan oʻpkaga kiradi. Ammo ular tananing boshqa qismlarini zararlangan boʻlsa, qon oqimi orqali oʻpkaga yetib borishi mumkin. Shuningdek, zamburugʻli pnevmoniya yashiringan infeksiyaning qayta faollashuvi tufayli kelib chiqishi ehtimoli ham mavjud. Alveolalar ichiga kirgandan soʻng, zamburugʻlar hujayralar oʻrtasidagi boʻshliqlarga, hamda qoʻshni alveolalar orasidagi boʻshliqlarga biriktiruvchi teshiklar orqali oʻtadi. Ushbu holat immun tizimni mikroblarga (neytrofillarga) hujum qiluvchi oq qon tanachalarini oʻpkaga yuborish orqali javob qaytarishga turtki boʻladi. Neytrofillar fagotsitozga uchraydi. Zararlovchi organizmlarni oʻldiradi, shu bilan birgalikda, immunitet tizimining umumiy faollashuviga olib keladigan sitokinlarni chiqaradi. Bu bakterial va zamburugʻli pnevmoniya keng tarqalgan isitma, shamollash va charchoqqa olib keladi. Neytrofillar va atrofdagi qon tomirlaridan sizib chiqadigan suyuqlik alveolalarni toʻldiradi va kislorod tashilishining buzilishiga olib keladi.

Tashxisi

tahrir

Zamburugʻli pnevmoniyani bir qator usullar bilan tashxislash mumkin. Eng oddiy va eng arzon usul – bemorning nafas olish suyuqligidan namuna olib zamburugʻ yetishtirish hisoblanadi. Biroq, bunday testlar reaksiyaga kirishishi va ularni ishlab chiqish uchun vaqt kerak boʻladi. Bu esa katta kamchilikdir. Chunki tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, zamburugʻli pnevmoniyaning sekin tashxisi oʻlimlar sonining ortishi bilan bogʻliq[4]. Mikroskopiya – bu yana bir usuldir, lekin u ham sekin va noaniqdir. Ushbu klassik usullarni toʻldirish antigenlarni aniqlash orqali amalga oshriladi. Ushbu usul sezilarli darajada tez hisoblanadi. Ammo klassik usullarga qaraganda aniqligi va oʻziga xosligi kamroq boʻlishi mumkin[5].

Davolash

tahrir

Zamburugʻli pnevmoniyani zamburugʻga qarshi dorilar va ayrim hollarda jarrohlik yoʻli bilan davolash mumkin.

Yana qarang

tahrir

Pnevmoniya

Manbalar

tahrir
  1. "Invasive aspergillosis in the intensive care unit". Clin. Infect. Dis. 45 (2): 205–16. July 2007. doi:10.1086/518852. PMID 17578780. 
  2. "Invasive pulmonary aspergillosis in patients with chronic obstructive pulmonary disease". Eur. Respir. J. 30 (4): 782–800. October 2007. doi:10.1183/09031936.00062206. PMID 17906086. http://erj.ersjournals.com/cgi/pmidlookup?view=long&pmid=17906086. 
  3. Fungal Pneumonia: a silent epidemic | CDC PDF www.cdc.gov/fungal/pdf/cocci-fact-sheet-sw-us-508c.pdf
  4. "Delaying the empiric treatment of candida bloodstream infection until positive blood culture results are obtained: a potential risk factor for hospital mortality". Antimicrob. Agents Chemother. 49 (9): 3640–5. September 2005. doi:10.1128/AAC.49.9.3640-3645.2005. PMID 16127033. PMC 1195428. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=1195428. 
  5. Denning, D. „Webinar on fungal diagnostics“ (PDF) (2008-yil sentyabr). 2008-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 14-oktyabr.