Zanjilar qoʻzgʻoloni - Sharqiy afrikalik qullar (zanjilar)n]lnt Iroq va Xuzistondagi qoʻzgʻoloni (869— 883). Yetakchisi va nazariyotchisi — shia mazhabi targʻibotchisi Ali ibn Muhammad. Qoʻzgʻolonchi qullarga mahalliy dehqonlar va badaviylarning tamim qabilasi ham qoʻshilgan. Qoʻzgʻolonchilar tez orada Obolla, Obodon, Ahvoz, Basra sh.larini egallagan. Ular quldorlar va nazoratchilarni oʻldirib, shaharliklarning mollarini talaganlar, afrikalik qullarni ozod qilganlar. Zanjilar Jan. Iroq va Xuzistonda oʻz davlatlarini tuzib, Bagʻdodga tahdid solganlar. Ammo, ayrim qullar quldorga aylanib, tinch aholini ham talagan. Natijada dehqonlar qoʻzgʻolondan chetlashgan. Xalifalik askarlari zanjilar poytaxti Muxtarani 3 yil qamal qilib qoʻlga kiritgan. 3. q. shafqatsizlik bilan bostirilgan, zanjilar qaytadan qullikka solingan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil