Zbigniew Kazimierz Boniek (polyakcha: Zbigniew Kazimierz Boniek)-polshalik futbolchi, murabbiy, sport funksioneri.1956-yil 3-martda Polshaning Bidgosh shahrida tavallud topgan.Polsha futbol federatsiyasi prezidenti.Pele Boniekni asrning eng yaxshi 125 nafar futbolchisi ramziy roʻyxatiga kiritdi.

FaoliyatiTahrirlash

Klubdagi faoliyatiTahrirlash

U „Zavisha“ klubida (Bidgosh) futbol oʻynay boshladi.Keyin „Vidzev“ (Lodz) klubida oʻynagan.

Boniek Yevropaning top-ligalaridan birida o‘zini sinab ko‘rgan birinchi polshaliklardan biri.1982-yilda Turinning "Yuventus" klubiga koʻchib oʻtgan Zbignev Boniek darhol asosiy tarkib futbolchisiga aylandi.Mishel Platinining oʻzi u bilan tandemda yaxshi kelishib oʻynadi.Aynan shu tandem 80-yillarning birinchi yarmida „Yuventus“ klubi oʻyinini aniqlab berdi.

Murabbiy Jovanni Trappattonining qoʻl ostida Boniek 1984-yil Kubok egalari kubogini, oʻsha yili Yevropa Superkubogini qoʻlga kiritishdi.1985-yilgi Yevropa Chempionlar kubogini jamoa bilan birga qoʻlga kiritdi.Shunday qilib „Yuventus“ muzeyi bir vaqtning oʻzida uchta eng nufuzli Yevropa kuboklari bilan bezatilgan birinchi futbol klubi boʻldi (bundan oldin „Keksa sinyora“ faqat 1977-yilgi UEFA kubogi bilan maqtanishi mumkin edi).

Xalqaro faoliyatTahrirlash

Oʻz mamlakati terma jamoasi bilan birgalikda 1982-yilgi jahon chempionatining „bronza“sini qoʻlga kiritdi.Oʻsha jahon chempionatida u Belgiya terma jamoasiga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etgan.Umuman olganda Polsha bayrogʻi ostida harakat qilgan Zbignev Boniek terma jamoa uchun 80 uchrashuvda 24 ta gol urdi.

Murabbiylik faoliyatiTahrirlash

Futbolchi sifatida professional faoliyatini yakunlaganidan soʻng,Boniek bir necha yil davomida kamtarona Italiya klublariga ustozlik qildi.Shundan soʻng u Polsha futbol ittifoqining taklifini qabul qildi va uning vitse-prezidenti boʻldi.

2002-yil iyul oyida Boniek terma jamoa bosh murabbiyi sifatida debyut qildi, ammo u yerda uzoq vaqt qolmadi. Beshta oʻyindan soʻng (2 −1- 2) uning oʻrniga boshqa murabbiy almashtirildi.

Futbol funksionerlik faoliyatiTahrirlash

2012-yil 28-oktyabrda Boniek Polsha futbol federatsiyasi prezidenti etib saylandi[1].

YutuqlariTahrirlash

JamoaviyTahrirlash

ShaxsiyTahrirlash

ManbalarTahrirlash