Zumrasha

rus yozuvchisi Oleg Tixomirov qalamiga mansub qissa

„Zumrasha“ (ruscha: Кузнечик) — rus yozuvchisi Oleg Tixomirov qalamiga mansub qissa. Asarni Muborak Boboyeva oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Qissada 1917-yilgi Oktabr inqilobi janglarida halok boʻlgan 15 yoshli Alyosha Kuznetsov ismli oʻsmir haqida soʻz yuritiladi. „Zumrasha“ 1985-yil ingliz tilida Grasshopper: The Little Soldier nomi bilan „Raduga“ nashriyotida chop etilgan.

Zumrasha
Asl nomi Кузнечик
Muallif(lar) Oleg Tixomirov
Tarjimon(lar) Muborak Boboyeva
Til ruscha
Janr(lar)i qissa
Nashr etilgan sanasi 1974
Nashriyot „Yosh gvardiya“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1978
Sahifalar soni 112

Syujet tahrir

Qissada yosh inqilobchi Alyosha Kuznetsov haqida hikoya qilinadi. 1917-yilgi oktabr voqealari davomida Alyosha Moskvada boʻladi. Alyosha opasi bilan barrikadalarda proletar inqilobi ishini himoya qiladi. Jangchilar Alyoshani Zumrasha deb atay boshlaydilar. Zumrasha bir necha marta zaraur paytda jangda ishtirok etayotgan drujinachilarga oʻq-dori yetkazib beradi. Endi 15 yoshga toʻlgan Alyosha dushman oʻqidan halok boʻladi.

Qahramonlar tahrir

  • Alyosha Kuznetsov – yosh inqlobchi
  • Mixey Mixeich – etikdoʻz
  • Fyodor – etikdoʻzning shogirdi
  • Kostya – talaba
  • Lena – Alyoshaning opasi

Oʻzbekcha tarjima tahrir

Asarni ruschadan oʻzbekchaga Muborak Boboyeva 1974-yil Moskvada „Molodaya gvardiya“ nashriyotida chop etilgan ikkinchi nashridan tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1978-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Oʻzbek tilidagi nashni tayyorlashda yana quyidagi shaxslar ishtirok etgan: A. Shomirzayev – muharrir, N. Kirillova – rassom, Q. Aliyev – rasmlar muharriri, G. Ahmadjonova – texnik muharrir, M. Nabiyeva – musahhih. Kitob adadi – 30 000 nusxa.

Havolalar tahrir