Angel Baltazar Sepulveda Sanchez (1991-yil 15-fevralda tugʻilgan) — meksikalik professional futbolchi, Liga MX „Queretaro“ klubida hamda Meksika terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi[1].

Ángel Sepúlveda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ángel Baltazar Sepúlveda Sánchez
Tavallud sanasi 15-fevral 1991-yil (1991-02-15) (33 yosh)
Tavallud joyi Apatzingán, Michoacán, Meksika
Boʻyi 1.80 m (5 ft 11 in)
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Querétaro
Raqami 15
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010—2013 Morelia 25 (4)
2013Toros Neza (Ijara) 12 (1)
2013—2014 Atlante 29 (6)
2014—2017 Querétaro 87 (11)
2017—2018 Morelia 37 (5)
2018 Guadalajara 5 (0)
2019 Necaxa 19 (2)
2019—2021 Tijuana 19 (2)
2020—2021Querétaro (Ijara) 34 (9)
2021Necaxa (Ijara) 10 (0)
Milliy terma jamoa
2016—2017 Mexico 8 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(16-avgust 2022-yil uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Sepulveda Meksikaning Michoacan shtati Apatzingan shahrida tugʻilgan. 2010-yil 18-sentabrda „Atlante“ jamoasiga qarshi oʻyinda „Monarkas“ jamoasi 2:0 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda u „Monarkas“ jamoasining zaxira oʻrindigʻida katta jamoadagi ilk debyutini oʻtkazgan[2].

Sepulveda ilk golini 2011-yilning 4-aprelida Chiapas jamosaiga qarshi oʻyinda urgan va bu gol Monarkas jamoasiga 2:1 hisobida gʻalaba keltirgan. U oʻzining ikkinchi va uchinchi golini CONCACAF Chempionlar ligasining 2011/12-yilgi mavsumida birinchi va ikkinchi oʻyinlarining dastlabki bosqichlarida Tempet futbol klubi darvozasiga kiritgan. 2011-yil 10-oktabrda u oʻzining toʻrtinchi golini „Pachuka“ darvozasiga kiritgan va 2011/12-yilgi Meksika Primer divizionining muntazam mavsumdagi oʻyinida 2:2 hisobida durang oʻynashga jamoasiga yordam bergan. 2011-yil 4-dekabrda u yana jarohatlangan jamoadoshi Migel Saboh oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan va Santos Laguna jamoasi darvozasiga ikkita gol urib, umumiy hisobni 4:4 ga tenglashtirgan va jamoasi durang oʻynashida asosoiy rolni bajargan, ammo Santos Laguna turnir jadvalida yuqori pogʻonani egallaganligi sababli ular turnir jdavalida raqiblarini quvib oʻta olmaganlar.

CD Guadalajara jamoasi vakillari 2018-yil 7-iyunda Sepulveda bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan. Ángel Sepúlveda bugungi kunda ham Meksika terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

Faoliyat statistikasi tahrir

Xalqaro tahrir

Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Meksika 2016-yil 2 1
2017-yil 6 1
Jami 8 2

Xalqaro maydonda urilgan gollar tahrir

Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2.09.2016 Estadio Cuscatlan, San Salvador, El Salvador   El Salvador 2 — 1 3-1 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi
2. 16.07.2017 Alamodome, San-Antonio, Amerika Qoʻshma Shtatlari   Kyurasao 1 — 0 2-0 2017 CONCACAF Oltin Kubogi

Yutuqlar tahrir

Queretaro

  • Copa MX : Apertura 2016

Manbalar tahrir