(181708) 1993 FWNeptun orti obyektlaridan biri bo'lib, Pluton va Xarondan keyin kashf etilgan ikkinchi trans-Neptun obyekti hisoblanadi. Birinchisi 15760 Albion edi (ilgari (15760) 1992 QB 1 nomi bilan tanilgan).

(181708) 1993 FW
Kashf etilishi
Kashf etilgan David C. Jewitt,
Jane X. Luu
Kashf etilgan sanasi 28-mart, 1993-yil
Kichik sayyora turkumi
Neptun orti obyektlari
(Koyper belbog'i)
Mehvar tasnifi
Davr 13-yanvar 2016-yil
Kuzatish yoyi 5456 kun (14.94 yil)
Ekssentrisiteti 0.052899
Orbital davri 291.54 yil
Oʻrtacha orbital tezligi 4.489 km/s
Oʻrtacha anomaliya 351.305°
Chekinish 7.7336°
Orbital tugun uzunligi 187.837°
Perigeliy argumenti 40.180°
Fizik tasnifi
Oʻlchamlari 175 km
Mutlaq yulduz kattaligi (H) 7.0
Koyper belbog'i hududlari

Ushbu obyekt Koyper belbog'ining Klassik Koyper belbog'i deb ataluvchi qismida joylashgan[1].

(181708) 1993 FW kosmik obyekti 1993-yilda Devid C. Jewitt va Jeyn X. Luu tomonidan Gavayi orollaridagi Mauna Kea rasadxonasida kashf etilgan. Kashf qilinganidan soʻng, ushbu obyektga kashfiyotchilar tomonidan Jon le Karre obrazi sharafiga “Karla” nomi berildi[2] va yangi sayyora sifatida e'lon qilindi. Mayk Braun o'z veb saytida ushbu obyektni mitti sayyora sifatida ko'rsatadi[3].

(181708) 1993 FW trans-Neptun obyekti Albiondan yarim yil keyin kashf etilgan[4].

Quyoshdan taxminan 30-50 a.b. masofa oralig'idagi Koyper belbog'ida 1992 QB1 (2018-yilda nomlangan, 15760 Albion) topilgandan so'ng, yigirma yil ichida (1992-2012) mingdan ortiq jismlar topilgan bo'lib, ushbu davr bu kabi jismlarning Koyper belbog'ida keng yoyilganini ko'rsatdi[5]. Pluton va Albiondan tashqari 2018-yilga kelib, 2000 dan ortiq Koyper belbog'i obyektlari topildi[6].

1990-yillarning o'rtalarida yangi mintaqa "jonlangan" va boshqa Yulduz tizimlaridagi boshqa ikkinchi asteroid yoki kometa belbog'lari haqidagi turli xil bashoratlarda retrospektivni keltirib chiqargan vaqt edi. Bu davrda ko'plab Neptun orti obyektlari kashf etildi.

Koyper belbog'idan 1993-yilda yana uchta (15788) 1993 SB, (15789) 1993 SC va (385185) 1993 RO deb nom olgan obyektlar topildi.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. Marc W., Buie „Orbit Fit and Astrometric record for 181708“. SwRI (Space Science Department).
  2. „Space body given name of Le Carre character: Astronomers discover planetesimal Karla“. The Independent. April 20, 1993.
  3. „How many dwarf planets are there in the outer solar system?“. Mike Brown.
  4. Eicher, David J., (2013-09-23) „COMETS!: Visitors from Deep Space“. Cambridge University Press.
  5. „The Kuiper Belt at 20“. Astrobiology Magazine. 2012-09-01.
  6. Dyches, Preston „10 Things to Know About the Kuiper Belt“. NASA Solar System Exploration.

Havolalar tahrir