Abdumajid Madraimov (1946-yil 5-aprel; Andijon shahri, O'zbekiston SSR) — tarix fanlari doktori, professor[4][5], manbashunos, sanʼatshunos[6], tarjimon, sanʼatshunoslik fanlari nomzodi, dotsent, tarixchi, tarix fanlari doktori, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O‘zbekiston davlat sanʼat muzeyi katta ilmiy xodimi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti pedagogi[7][8]. Olim ilmiy ish, maqola va asarlarida asosan Temuriylar davri tarixi hamda sanʼatini yoritib keladi[9][10][11].

Abdumajid Madraimov
Tavalludi 5-aprel 1946-yil (1946-04-05) (78 yosh)
Fuqaroligi O‘zbekiston SSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Sohasi Tarix
Manbashunos olim
manbashunos
sanʼatshunos
sanʼatshunoslik fanlari nomzodi
tarix fanlari doktori
tarjimon
Mashhur ishlari
  • „Sharq miniatyura maktablari“
  • „Kamoliddin Behzod“
  • „Sharq miniatyuralari“
  • „Temuriy va Boburiylar davri madaniyati, kitobat va rangtasvir sanʼati tarixiga chizgilar“ asarlari[1].
  • „Manbashunoslik“ darsligi
  • Husayn Voiz Koshifiyning „Axloqi Muhsiniy“
  • Fariduddin Attorning „Tazkirat ul-avliyo“ kabi tarjimalari mavjud[2].
  • „Biobibliografiya“[3].
Mukofotlari 1-toifali mehnat faxriysi koʻkrak nishoni sohibi (2019-yil)
Oʻzbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (2021-yil)
Turmush oʻrtogʻi Zebo Madraimova (Igamova)

Hayoti va ilmiy faoliyati tahrir

Abdumajid Madraimov 1946-yil 5-aprelda Andijon viloyati Andijon shahrida tugʻilgan. 1964-yilda oʻrta maktabni oltin medal bilan tugatgan. 1970-yilda Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti)ning Sharq fakulteti, Hind boʻlimini imtiyozli diplom bilan bitirgan. 1968—1969-yillarda Hindistonning Lakhnau universitetida o‘quv amaliyotini o‘tagan. 1970—1977-yillari UzR FA Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyida ishlagan.

Abdumajid Madraimov 19782003-yillarida O‘zR FA Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida ilmiy xodim, laboratoriya mudiri, katta ilmiy xodim lavozimida faoliyat olib borgan. 20032010-yillari O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Kamoliddin Behzod nomli memorial bog‘ muzey muassasa direktori lavozimida ishlagan. 1979-yili "Tarixiy asarlarga ishlangan XVI asr oxiri XVII asr boshlari hind miniatyuralari („Boburnoma“ rasmlari[12]) mavzusida nomzodlik, 2003-yili „XV- XVI asrlar Markaziy Osiyo kitobat tarixi manbalari“ („Alisher Navoiy asarlari qo‘lyozmalari“[13]) mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, tarix fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. 2010-yil professorlik ilmiy unvonini olgan. 1990-yili Sankt-Peterburgda Rossiya FA Sharqshunoslik instituti Sankt-Peterburg bo‘limi (hozirda Sharq qo‘lyozmalari instituti)da yirik arabshunos A. B. Xolidov rahbarligida malaka oshirgan, 2006-yili Turkiyaning Istanbul shahridagi muzey va kutubxonalari bilan tanishgan. Shuningdek, Madraimov Ozarbayjonda (Boku, 19831988) YUNESKO tashkil etgan xalqaro simpoziumda, arxeografiya bo‘yicha Rossiyada (Qozon 1988) va Ozarbayjon (Boku, 1984)da bo‘lib o‘tgan ilmiy konferensiyada, Rossiya (Moskva, 1989)dagi xalqaro konferensiyada, Hindistonda (Dehli, 2014), Qozog‘istondagi „Buyuk ipak yo‘li shaharlari“ (Turkiston, 2018) kabi konferensiyalarga o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etgan.

2010-yil 15-dekabridan 2016-yil apreligacha O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Bosh ilmiy kotibi lavozimda faoliyat yuritgan. 2016-yil may oyida O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyiga katta ilmiy xodim bo‘lib ishga kirgan va dekabr oyidan 2022-yilning 15-apreligacha bo‘lim mudiri lavozimida ishlagan. Hozirda muzeyning katta ilmiy xodimi lavozimida ishlab kelmoqda.

Oilasi tahrir

Otasi: Madraimov Abduraim — 1900-yil, Andijon shahrida tugʻilgan, 1984-yilda vafot etgan. Mashinasozlar zavodi ishchisi boʻlgan.

Onasi: Madraimova (Holmatova) Busora (Bibi Sora) — 1903-yil, Andijon shahrida tugʻilgan, uy Bekasi boʻlgan, 1962-yili vafot etgan.

Turmush oʻrtogi: Madraimova (Igamova) Zebo Abaqulovna — 1947-yili Toshkent shahrida tugʻilgan, vrach-tarapevt. Sogʻliqni saqlash vazirligi 4-boshqarmaning 3- poliklinikasida vrach boʻlib ishlagan, hozir nafaqada.

Oʻgʻli: Madraimov Hindol Abdumajidovich — 1974-yili Toshkent shahrida tugʻilgan, 1996-yil Sankt-Peterburg universitetini bitirgan, filologiya fanlari nomzodi, Turkiyada yashaydi. Erkin ijodkor.

Oʻgʻli: Madraimov Askariy Abdumajidovich — 1976-yili Toshkent shahrida tugʻilgan, Toshkent davlat Pedagogika universiteti bakalaviratura, Oʻzbekiston Milliy universiteti magistraturasini bitirgan, tarix fani boʻyicha falsafa doktori (PhD), Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti dotsenti.

Qizi: Toʻraxojaeva (Madramova) Shamsiroʻy Abdumajidovna — 1984-yili Toshkent shahrida tugʻilgan. Sharqshunoslik universitetini bakalavr va magistr darajasida bitirgan. Hozirda uy bekasi.

Manbalar tahrir

  1. „Temuriy va Boburiylar davri madaniyati, kitobat va rangtasvir sanʼati tarixiga chizgilar“. 2023-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-mart.
  2. „Abdumajid Madraimov. Alisher Navoiy va kitobat ahli“. 2023-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-mart.
  3. „Madraimov Abdumajid. Biobibliografiya“. 2023-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-mart.
  4. „Temuriylar davlat muzeyida o’tkazilgan “Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan tadbir“. 2023-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-mart.
  5. „«Bobur va dunyo»: «Arvoh bazmda ashula ayta boshlasa...»“. 2023-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-mart.
  6. „MILLIY TARIXIMIZNING YANGI TIMSOLI yoxud Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi tarixi muzeyini shakllantirishga oid mulohaza va tavsiyalar yangragan anjuman“. 2023-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-mart.
  7. „ABDUMAJID MADRAIMOV, GAVHAR FUZAILOVA. MANBASHUNOSLIK“. 2022-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-mart.
  8. „Abdumajid Madraimov. Alisher Navoiy va kitobat ahli“. 2023-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-mart.
  9. „«Amir Temurning eng yaxshi xususiyatlari Boburda aks etgan» - boburshunoslar davrasida“. 2023-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-mart.
  10. „Buyuk sarkarda va vatanparvar shoir“. 2023-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-mart.
  11. „“AJDODLARIMIZ YaRATGAN MEROSLAR XALQIMIZGA QAYTARILMOQDA”“. 2023-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-mart.
  12. „Нодир микрофильмлар; «Бобурнома» зийнатлари“. 2023-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-mart.
  13. „A monograph on manuscripts of Alisher Navoi's works published“. 2023-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-mart.

Havolalar tahrir

Abdumajid Madraimovning youtubedagi kanali