Abu Bakr Samarqandiy
Abu Bakr Muhammad al-Yamān al-Samarqandi (arabcha: أﺑﻮ ﺑﻜﺮ ﻣﺤﻤﺪ ﺑﻦ اﻟﻴﻤﺎن السمرقندي) — faylasuf va ilohiyotchi. „Maolim uddin“ („Dinning belgilari“), „at-Tibb ur-ruhoniy“ („Ruh tabobati“) nomli falsafiy asarlari bor.[1]
Abu Bakr Samarqandiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | mufassir |
Uning vatandoshi Abu Mansur al-Moturidiy Abu Bakr Samarqandiy boshlagan yoʻldan yurgan[2][3][4].Abu Bakr al-Samarqandiy tomonidan quyidagi asari tasnif etilgan: “Ar-rad ala-l-karromiya” (“Karromiyalarga raddiya”), “Kitobu-l-anvor” (“Nurlar kitobi”), “Maolimu-d-din” (“Dinning belgilari”), “At-tibbu-r-ruhoniy” (“Ruh tabobati”) nomli asar. K. Brokkelman “Arab adabiyoti tarixi” nomli kitobida Abu Bakr al-Samarqandiyni faylasuf va ilohiyotchi olim deb ta’rif bergan. K. Brokkelmanning yozishicha, bu kitob Abu Xotam Roziyning (313/925-yili vafot etgan. Muhammad ibn Zakariyo Roziydan boshqa kishi) falsafiy qarashlariga qarshi yozilgan.[5]
Asarlari tahrir
Manbalarda uning toʻrtta asarining nomi tilga olingan:[6]
- Kitab al-Anwar.
- Kitab al-I’tisam, [hadis]]ga bagʻishlangan.
- Kitab al-Radd 'ala al-Karramiyya', karromiylarga inkor.
- Kitab Maʼalim al-Din („Imon chizigʻi“)
Vafoti tahrir
Abu Bakr butun umrini tugʻilib oʻsgan shahri Samarqandda oʻtkazgach, hijriy 268, milodiy 881-882-yili vafot etgan[7].
Yana qarang tahrir
Manbalar tahrir
- ↑ "Abu Bakr Samarqandiy" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „ABŪ BAKR SAMARQANDĪ“. Encyclopædia Iranica.
- ↑ Carl Brockelmann. History of the Arabic Written Tradition; Supplement Volume 1. Brill Publishers, 2017 — 344 bet. ISBN 9789004334625.
- ↑ Josef van Ess. Theology and Society in the Second and Third Centuries of the Hijra. Volume 2: A History of Religious Thought in Early Islam. Brill Publishers, 2017 — 633 bet. ISBN 9789004344020.
- ↑ Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 534.
- ↑ Ulrich Rudolph. Al-Maturidi and the Development of Sunni Theology in Samarqand. Brill Publishers, 2014 — 74-75 bet. ISBN 9789004261846.
- ↑ Ulrich Rudolph. Al-Maturidi and the Development of Sunni Theology in Samarqand. Brill Publishers, 2014 — 74-75 bet. ISBN 9789004261846.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Mart 2024) |