Adeleyd (inglizcha: Adelaide River) — Avstraliyadagi kema qatnovi joylashgan daryo hisoblanib, mamlakatning shimoliy hududi orqali oqib oʻtadi. Daryo Darvin shahridan 50 km shimoli-sharqda joylashgan Timor dengiziga quyiladi[1]. Uning uzunligi — 180 km ni tashkil etadi[2].

Adeleyd (daryo)
Tavsif
Uzunligi 180
Davlat Avstraliya
Adeleyd (daryo)

U ikki daryoning qoʻshilishidan hosil boʻlgan boʻlib, mutlaq balandligi 149 m ni tashkil etadi[3]. Adeleyd daryosi Adeleyd-River nomli kichik shaharchani oʻz ichiga oladi.

Adeleyd daryosi Jon Lort Stoks va L. R. Fitsmoris tomonidan 1839-yilda Beagle kemasida Shimoliy hudud qirgʻoqlarini oʻrganish boʻyicha tadqiqot oʻtkazayotgan vaqtida kashf etilgan[4]. Sayohatchilar daryoni Britaniya qiroli Uilyam IV ning rafiqasi Adelaid Saksen-Mayningen sharafiga nomlashgan. Keyinchalik, 1862-yilda John McDouall Stuart tomonidan ushbu daryo qayta oʻrganilgan[5].

Tuproqning unumdorligi yuqori boʻlganligi sababli, 1881-yilda koʻchmanchilar sugʻoriladigan dehqonchilikka oʻtib, qahva, shakarqamish, kauchuk yetishtirishga harakat qilishgan. Biroq 1886-yildagi noqulay iqlim sharoiti tufayli ushbu hudud tashlab ketilgan. 1954-yilda sholi yetishtirishga urinib koʻrishgan, ammo barcha harakatlar muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Undan tashqari ushbu daryoda zaharli ilonlar mavjud.

Daryo subekvatorial zonada joylashganligi sababli, unda ikki mavsum mavjuddir, ular: quruq va nam. Quruq mavsumda daryo yuqori oqimlarda quriydi, quyi oqimlarda aksincha, sayoz boʻladi va nam mavsumda tropik yomgʻir tufayli daryoga suvlar quyiladi.

Manbalar tahrir

  1. „Adelaide River, Northern Territory Australia“ (deadlink). Totaltravel (2011 [last update]). 2012-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. (WebCite saytida 2012-12-01 sanasida arxivlangan)
  2. Steve Parish: Australian Touring Atlas. Steve Parish Publishing, Archerfield QLD 2007. ISBN 978-1-74193-232-4. S. 95
  3. Map of Adelaide River, NT. Bonzle.com“. maps.bonzle.com. Qaraldi: 2019-yil 28-iyul.
  4. „Дневник Джона Лорта Стокса.“ (en). www.gutenberg.org. Qaraldi: 2019-yil 28-iyul.
  5. „Журнал Джона Мак-Дональ Стюарта.“ (en) (deadlink). 2008-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. (Wayback Machine saytida 2008-09-17 sanasida arxivlangan)

Adabiyot tahrir

  • Adelaida, reka // Ensiklopedicheskiy slovar Brokgauza i Yefrona : v 86 t. (82 t. i 4 dop.). — SPb., 1890—1907.