Adham Rahmat (1909-1983) - yozuvchi.

Adham Rahmat
Tavalludi 9-dekabr 1909
Vafoti 23-fevral 1983

Hayoti tahrir

U 1909 yilda Qoʻqon shahrida tugʻildi. 1921-23 yillarda bolalar uyida tarbiyalandi.

1926-28 yillar orasida Toshkent tibbiyot texnikumida oʻqidi va bir qancha maktablarda oʻqituvchilik qildi.

Faoliyati tahrir

1930-35 yillarda shoir “Yangi Farg’ona” gazetasida, soʻng Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Qoʻqon boʻlimida ishladi.  U  Vatan urushigacha Oʻzbekiston Davlat nashriyotida, hozirgi “Turkiston” gazetasida hamda Oʻzbekiston radiosining bolalar adabiyoti boʻlimida ishladi.

Shoir  Vatan  urushi davrida  front  roʻznomalarida, “Qizil O’zbekiston” gazetasida  adabiy  xodim  boʻlib ishladi,конников»).[1] soʻngra Oʻzbekiston Davlat badiiy adabiyot nashriyotida muharrirlik qildi.

A.Rahmatning  ijodi  1930  yilda  “Yangi  Farg’ona”  gazetasida  bosilgan  “Oq  oltin haqida  qo’shiq”  nomli  sheʼri  bilan  boshlandi.  Shundan  soʻng  shoir  bolalarga  1939-yilda  “Baxtli  yoshlik”  nomli  birinchi  sheʼrlar  toʻplamini  taqdim  etdi.  Bu toʻplam oʻndan ortiq sheʼr va ertaklarni oʻz ichiga oladi.

Asarlari tahrir

Kitob “Yasha, Vatan!” sheʼri bilan boshlanadi. Shoir A.Rahmat birinchi navbatda maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar kuychisi sifatida eʼzozlanadi. Shoirning jajjilarga bagʻishlab yozgan quvnoq sheʼrlari, oʻynoqi qoʻshiqlari, ajoyib-gʻaroyib ertak dostonlari har bir xonadonga, bolalar bogʻchalariga kirib borgan.  

“Baxtli yoshlik” toʻplamida  kichik  yoshdagi  bolalar  uchun  yozilgan “Keling, qushlar”,  “Bizning  bog’chamiz”,  “Hayvonot  bog’ida”  “Pilla  qurti  boqamiz”, “Oilamiz”  sheʼrlari,  “Qurbaqa”,  “Qaldirg’och,  ilon  va  beshiktervatar”,    “Tulkining hiylasi”  singari  ertak-masallari    eng  xarakterli  ahamiyatga  egadir.

Bu asarlari bilan shoir maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni qushlar, parrandalar, hayvonlar hayoti, ularning kindalik mashgʻuloti, oziq-ovqati bilan yaqindan tanishtiradi. Masallarni yaratishda shoir xalq ogʻizaki ijodidan oʻrinli foydalanib, ulrni bolalar dunyoqarashiga moslashtiradi.

Mukofotlari tahrir

1959-yilda "Mehnat a'lochisi" medali bilan taqdirlangan[2].

1975-yilda "Toshkentlik kazak" hujjatli hikoyasi uchun SSSR davlat mukofoti - «Aleksandr Fadeev» kumush medali bilan taqdirlangan.

1979-yilda "Sovet adabiyotini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun" Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan.[3]

Nomini abadiylashtirish tahrir

Toshkent shahrining koʻchalaridan biriga Adham Rahmat nomi berilgan.

Adabiyotlar tahrir

1.Toshkent. Ensiklopediya. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat milliy nashriyoti. Toshkent. 2009. - s. 784 (Wayback Machine saytida 2020-02-23 sanasida arxivlangan)

2. Фотография.

Izoh tahrir

  1. Узбекская ССР в годы Великой Отечественной войны. — Ташкент: Фан, 1981. — стр. 220
  2. О награждении орденами и медалями СССР работников искусства и литературы Узбекской ССР
  3. Указ Президиума Верховного совета СССР от 20 декабря 1979

Havolalar tahrir