Ahliddin Shukurovich Isroilov (1994-yil 16-sentyabrda tugʻilgan, Qora-Suv, Oʻsh viloyatida tavallud topgan) — qirgʻizistonlik futbolchi, Hozrida "Neftchi" klubi va Qirgʻiziston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi sifatida toʻp suradi.

Ahliddin Israilov
Israilov with Kyrgyzstan at the 2019 AFC Asian Cup
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ahliddin Shukurovich Isroilov
Tavallud sanasi 16-sentyabr 1994-yil (1994-09-16) (29 yosh)
Tavallud joyi Qorasuv (Oʻsh viloyati), Qirgʻiziston
Boʻyi 1.80 m[1]
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Neftchi Kochkor-Ata
Raqami 7
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Dynamo Kyiv

‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 25-mart uchun)

Klub faoliyati tahrir

 
Isroilov „Dinamo-2“da (2014 yil 2 noyabr)

Ahliddin futboldagi faoliyatini „Abdysh-Ota“ klubi akademiyasida oʻqish bilan boshlagan.

2008-yil boshida Rossiyadagi yoshlar terma jamoalari oʻrtasidagi oʻtkazilgan turnirida 13 yoshli futbolchi Kiyevning "Dinamo" jamoasining eʼtiboriga tushadi va uni oʻz akademiya maktabiga olib ketdi. 2008-yildan 2011-yilgacha u Oʻsmirlar chempionatida Kiyevning „Dinamo“ jamoasining yoshlar klubida toʻp surgan. Yoshlar oʻrtasidagi turnirlarda bir necha bor eng yaxshi futbolchi yoki hujumchi sifatida tan olingan. 2008/09-yilgi mavsumning oʻsmirlar chempionatida (U-15) eng yaxshi hujumchisi deb tan olindi.

Isroilov 2012-yilning yozidan „Dinamo-2“ farm jamoasi tarkibiga qoʻshildi. Ahliddin „Dinamo“ning ikkinchi jamoasidagi debyutini 2012-yil 15-oktyabrda „Nikolaev“ klubiga qarshi oʻyinda kiyevliklarning 1:2 hisobida magʻlubiyati bilan yakunlangan oʻyinda oʻtkazgan edi. 2013-yil 2-may kuni Isroilov „Odessa“ jamoasiga qarshi oʻyinda ikkita gol urdi va kiyevliklar 3:0 hisobida gʻalaba qozonishdi[2]. Isroilov jamosi bilan mavsum yakunida musoboqada oʻz oʻrnini saqlab qolish uchun pley-off bosqichida ikkala oʻyinini ham Sverdlovskning „Shaxtyor“ klubiiga qarshi oʻtkazdi[3]. U 2016-yil iyun oyida jamoa faoliyatini tugatgunga qadar Dinamoning ikkinchi jamoasida oʻynadi[4]. 2016-yilning 20-iyulida u Ukraina birinchi ligasi yetakchi jamoalaridan biri „Cherkasy Dnepr“[5] klubi bilan shartnoma imzoladi[6]. „Cherkasy“ jamoasi tarkibida u birinchi liga turnirida 7 ta oʻyin oʻtkazib, „Gornyak-Sport“ jamoasiga gol urdi, shuningdek, „Cherkasy Dnepr“ jamoasi bilan Ukraina kubogida 1 ta oʻyinida qatnashib, gʻalaba golini kiritdi. 2017-yilning aprelida klub bilan oʻzaro kelishuvga koʻra u shartnomani bekor qilgan, shundan soʻng yozgi transfer oyigacha oʻyin oʻtkazmadi. Oʻsha yilning oktabr oyidagina Isroilov Hindiston chempionatining ikkinchi divizionida toʻp surayotgan „Nerok“ klubi bilan shartnoma imzoladi[7]. 2019-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasi vakili Andijonning „Andijon“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Andijon jamoasidagi raqobat tufayli asosiy tarkibda kam maydongga tushdi va yozgi transfer oynasida jamoani tark etdi.

Terma jamoa tahrir

2014—2016-yillar oraligʻida Isroilov Qirgʻiziston yoshlar terma jamoasida bir necha uchrashuvlarda oʻynagan.

2013-yilning 11-oktabr kuni 19 yoshli Isroilov Qirg‘iziston terma jamoasida Quvayt terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilib, jamoasining yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozonishiga yordam berdi. Ahliddin 68 daqiqani maydonda oʻtkazib, asosiy tarkibda maydonga tushdi, oʻyin davomida uning oʻrniga Ilgar Nabiyev tushdi[8]. Tojikiston terma jamoasi bilan navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvida u debyut golini kiritdi. Quvaytga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida u ikkinchi golni urdi, oʻyin 2:2 hisobida yakunlandi.

Osiyo Kubogi-2019 uchun terma jamoaga qaydnomasidan oʻrin olgan. 7-yanvar kuni Qirgʻiziston terma jamoasining Osiyo kubogida Xitoyga qarshi oʻyindagi ilk golini kiritdi[9]. Turnirda u jamoasining barcha toʻrtta uchrashuvida qatnashib, bitta gol muallifiga aylandi.

Manbalar tahrir

  1. „Ahletdin İsrailov“ (en). worldfootball.net. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.
  2. „FC Dynamo-2 Kyiv vs FC Odesa“. Soccerway. 2014-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 28-mart.
  3. „FC Dynamo-2 Kyiv vs Shakhtar Sverdlovsk“. Soccerway. 2014-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 28-mart.
  4. „Событие футбольного дня. Расформирование Динамо-2“. 2016-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 3-iyun.
  5. „Шестеро новобранців ФК «Черкаський Дніпро»“. 2016-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-iyul.
  6. „Шестеро новобранців ФК «Черкаський Дніпро»“. 2017-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-iyun.
  7. „Воспитанник Динамо продолжит карьеру в Индии“. 2017-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-oktyabr.
  8. Poluzaщitnik „Dinamo-2“ debyutiroval v sbornoy Kirgizstana
  9. „Китай обыграл Киргизию в матче Кубка Азии“. 2019-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 9-yanvar.

Havolalar tahrir