Akkol (qozoqcha: Ақкөл; ruscha: Акколь; xitoycha: 阿科尔) „Oq koʻl“ degan maʼnoni anglatadi[1][2] – Akkol koʻli – Qozogʻistonning Qoʻstanay viloyatining janubi-gʻarbiy qismida, Jangeldi tumanida joylashgan shoʻr koʻl[3] [4]. Mahalliy hokimiyat organlari Akkol koʻlida turizmni rivojlantirishga harakat qilib kelmoqda, ammo ushbu hududda zarur infratuzilmalar mavjud emas. Eng yaqin aholi punkti – sharqiy qirgʻoqdan 10 km (6,2 milya) sharqda joylashgan Axmeta Baytursinuli[3].

Akkol
48°49′29″N 63°44′2″E / 48.82472°N 63.73389°E / 48.82472; 63.73389 G OKoordinatalari: 48°49′29″N 63°44′2″E / 48.82472°N 63.73389°E / 48.82472; 63.73389 G O
Akkol ko‘lining 2021-yil olingan surati.
Akkol ko‘lining 2021-yil olingan surati.
RegionQozog`iston
Qirgʻoq chizigʻining uzunligi10,5 (6,5 milya) km
Eng katta chuqurligi14 (46 fut) m

Geografiya tahrir

Akkol koʻli Toʻrgʻay hududining janubiy qismida dengiz sathidan 103 metr (338 fut) balandlikda joylashgan. Bu endoreik koʻl boʻlib, yaqin atrofdagi kichik koʻllar birlashishi natijasida paydo boʻlgan. Akkol koʻlining shimoliy-gʻarbiy qirgʻogʻida chiqadigan noodatiy koʻpik shimoliy tomonini ikkita koʻrfazga ajratadi. Akkol koʻli Shalkarteniz koʻlining shimoliy chekkasidan 50 kilometr (31 milya) uzoqlikda joylashgan. Janubiy-sharqda joylashgan Oʻziksor va Qoraqsor koʻllari Akkol koʻliga nisbatan ancha kichikroq. Akkol koʻlidan 30 kilometr (19 milya) uzoqlikda issiq buloq mavjud, ushbu buloqda suv harorati 70 °C (158 °F) ga yetadi[4].

Uli-Jilanshiq daryosining uzunligi 277 kilometr (172 milya)ni tashkil etadi. Ushbu daryo Akkol koʻlining shimoli-sharqiy qirgʻogʻiga quyiladi[4].

 
Akkoʻl koʻlidan 15 kilometr (9,3 milya) shimolda uchraydigan tuz chigʻanoqlarining koʻrinishi.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. „қазақстан республикасының мемлекеттік жіктеуіші - КЛАССИФИКАТОР АДМИНИСТРАТИВНО – ТЕРРИТОРИАЛЬНЫХ ОБЪЕКТОВ“. 2022-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-iyul.
  2. Ploщad ozer Kazaxstana (Tablitsa)
  3. 3,0 3,1 „По озеру в Костанайской области могут ходить слоны. Но не ходят | Главные новости Казахстана – Новостной портал "Экспресс К"“. exk.kz. 2022-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-iyul.
  4. 4,0 4,1 4,2 Google Earth