Aleksandr Bessmertnix

Sovet diplomati

Aleksandr Aleksandrovich Bessmertnix (ruscha: Алекса́ндр Алекса́ндрович Бессме́ртных; 10-noyabr 1933-yil) – SSSR tashqi ishlar vaziri (15-yanvar – 28-avgust 1991-yil)[1][2][3].

Aleksandr Aleksandrovich Bessmertnix
ruscha: Алекса́ндр Алекса́ндрович Бессме́ртных
 7-Sovet Ittifoqi Tashqi ishlar vaziri
Mansab davri
1991-yil 15-yanvardan – 28-avgustgacha
Hukumat boshligʻi Valentin Pavlov
Prezident Mixail Gorbachyov
Oʻtmishdoshi Eduard Shevardnadze
Vorisi Boris Pankin
 Sovet Ittifoqi xavfsizlik kengashi aʼzosi
Mansab davri
1991-yil 13-martdan – 25-dekabrgacha
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 10-noyabr 1933-yil (1933-11-10) (90 yosh)
Oltoy
Mukofotlari Xalqlar doʻstligi ordeniI darajali muqaddas sadoqatli Knyaz Daniil Moskovskiy ordeni

Biografiya tahrir

Moskva davlat xalqaro aloqalar instituti (MGIMO)ni tamomlagan (1957).

1957-1960 – SSSR tashqi ishlar vazirligida assistent, matbuot boʻlimi attashesi.

1960—1966 – BMT tarjimonlar kotibiyati aʼzosi.

1966—1970 – SSSR tashqi ishlar vazirligi sekretariati ikkinchi, birinchi kotibi, keyin oʻrinbosari.

1970-1983 – SSSRning AQSHdagi elchixonasi birinchi kotibi, maslahatchisi.

1983—1986 – SSSR tashqi ishlar vazirligi AQSH boʻlimi boshligʻi.

1986—1988 – SSSR tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.

1988—1990 – SSSR tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari.

1990—1991-yillarda – Sovet Ittifoqining Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi Favqulodda va Muxtor elchisi.

1991-yilda – SSSR Tashqi ishlar vaziri.

Manbalar tahrir

  1. Ukaz Prezidenta SSSR ot 13-mart 1991 g. № UP-1618, soglasie na naznachenie dano postanovleniem Verxovnogo Soveta SSSR ot 7-mart 1991 g. № 2010-I
  2. Vedomosti Sʼezda narodnix deputatov SSSR i Verxovnogo Soveta SSSR № 35. 28-avgust 1991 g.
  3. Vedomosti Sʼezda narodnix deputatov SSSR i Verxovnogo Soveta SSSR № 36. 4-sentabr 1991 g.