Aleksandr Konstantinovich Kolenkovskiy (1880-yil 4-sentabr – 1942-yil 23-may) – rus va sovet harbiy rahnamosi, sovet harbiy tarixchisi, general-leytenant (1940), professor (1938), harbiy fanlar doktori (1941)[1].

Aleksandr Kolenkovskiy
Tavalludi 23-avgust 1880-yil
Rossiya imperiyasi
Vafoti 23-may 1942-yil
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya SSSR bayrogʻi SSSR
Qoʻshin turlari pexota
Xizmatdagi yillari 18971942

Biografiya tahrir

Aleksandr Konstantinovich 1880-yil 4-sentabrda Xersonskaya viloyatining Nikolayev shahrida ofitser oilasida tavallud topgan. Uyda taʼlim olgan.

Kolenkovskiy 1897-yil 30-sentyabrda Odessa piyoda askarlari maktabiga oʻqishga kirgan, 1900-yilda uni tugatgan. Vilenskiy 52-piyoda polkida leytenant unvonini olgan, keyin 218-Borisoglebskiy piyodalar polkida xizmat qilgan. Aleksandr rus-yapon urushi qatnashchisi boʻlib, rotaga qoʻmondonlik qilgan va polk adʻyutanti boʻlgan. 1912-yilda Nikolayev harbiy akademiyasini tamomlagan va 1913-yildan 14-piyoda polkida rota komandiri lavozimida xizmat qilgan[2].

Aleksandr 1918-yil aprel oyida ixtiyoriy ravishda Qizil armiya safiga qoʻshilgan va Nevelsk okrugi harbiy qoʻmondoni shtab boshligʻi etib tayinlangan. Kolenkovskiy 5-Vitebskaya miltiq diviziyasi boshligʻi, 1918-yil 28-sentyabrdan 1919-yil 3-aprelgacha Sharqiy front shtab boshligʻi va 1919-yil 29-apreldan Volga harbiy okrugining harbiy boshligʻi boʻlib xizmat qilgan. 1921-yil 3-martdan Bosh qoʻmondon, 1921-yil 9-martdan 1924-yilgacha Qizil Armiya shtab-kvartirasining Operatsion boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan.

Kolenkovskiy 1924-yildan Frunze nomidagi Harbiy akademiyada dars bergan va harbiy tarix kafedrasi mudiri boʻlgan. Bundan tashqari, harbiy tarix va operativ sanʼat boʻyicha ilmiy ishlar muallifidir. 1940-yildan KPSSga aʼzo boʻlgan.[3]

Aleksandr Konstantinovich Ulugʻ Vatan urushini oʻrganib chiqqan va 1942-yilda „Rostovskaya operatsiya Krasnoy Armii“ maqolasini yozgan. Maqolada hujumkor jangovar operatsiyalarni tashkil etish boʻyicha muhim xulosalar qilgan.

Aleksandr Konstantinovich Kolenkovskiy 1942-yilda Toshkent shahrida vafot etgan.

Mukofotlari tahrir

1939-yil 2-mayda Qizil yulduz ordeni va 1938-yil 22-fevralda „Ishchi-Dehqon Qizil Armiyasining XX yilligi yubiley“ medali bilan taqdirlangan.

Manbalar tahrir