Aleksandr Anatolyevich Popovich (rumincha: Alexandru Popovici; 1977-yil 9-aprel, Tiraspol, Moldaviya SSR, SSSR) — moldovalik futbolchi, hujumchi.

Aleksandr Anatolyevich Popovich
Tavalludi 1977-yil 9-aprel
Fuqaroligi Moldova
Kasbi futbolchi
Boʻyi 1.83 m
Mukofotlari Moldova chempionatida 5 karra kumush medali
Moldova chempionatida bronza medali
3 karra Moldaviya kubogi

Biografiyasi tahrir

Aleksandr Anatolyevich Popovich 1977-yilning 9-aprelida SSSR Moldaviya SSRning Tiraspol shahrida tavallud topgan. Yoshligidan futbol bilan shugʻullangan. Oʻyindagi vazifasi — hujumchi. Popovich Kiyev Respublika oliy jismoniy tarbiya maktabini tamomlagan.

Karyerasi tahrir

1994-yilda futbolchi Ukraina havaskorlar chempionatida Kiyev Olimpiadasi uchun ikkita oʻyin oʻtkazadi.

1994—1999-yillarda Tiraspolning „Tiligul“ jamoasida, 1998-yilda esa Germaniyaning „Duysburg“ klubllarida[1] jami 4 ta oʻyinda ishtirok etgan.

1999-yilda Popovich Rossiyaning „Dinamo“ klubi safiga (Moskva) oʻtadi va 3 aprel kuni klub tarkibida oʻzining yagona oʻyinini oʻtkazadi. Keyingi bir yarim mavsum davomida futbolchi „Torpedo-ZIL“ jamoasi tarkibida oʻyinlarda ishtirok etadi.

2001-yilda Popovich Janubiy Koreyaning „Sonnam Ilva Chunma“ klubi[2] tarkibida 6 ta, 2002-yilda Moldovaning „Konstruktorul“ (Chobruchi) jamoasi tarkibida esa ikkita oʻyinda maydonga chiqadi.

2002—2008-yillar futbolchi Ukrainaning „Dnepr“ (Dnepropetrovsk), „Krivbas“ (Krivoy Rog) (2004—2006), „Zarya“ (Lugansk) (2007—2008) klublarida toʻp surgan.

2008-2009-yillarda Popovich „Tiligul-Tiras“ jamoasi safida umumiy hisobda 9 ta marotaba: uch marta — Kishinyovning „Dachiyu“ (2008), Ozarbayjonning „Semurgʻ“ (Zaqatala, 2009), Benderning „Dinamo“ (2009) klublariga ijaraga beriladi.

2010—2011-yillarda „Iskra-Stal“ „Ribnitsa“ jamoasi tarkibida, 2011-yilning ikkinchi yarmida esa Oʻzbekistonning „Andijon“ klubida oʻyin olib boradi.

2012-yilda u Tiraspolga qaytib keladi va u yerda xuddi shu nomdagi klub tarkibida oʻyinlarda ishtirok etadi.

2014-yildan beri futbolchi FK „Saksan“ klubi tarkibida raqiblarga qarshi maydonga chiqadi.

1996—2005-yillarda Popovich Moldova terma jamoasi safida jami hisobda 21 ta oʻyin oʻtkazib, 3 marotaba raqib darvozasini ishgʻol qilishga muvaffaq boʻlgan[3].

Yutuqlari tahrir

  • Moldova chempionatining 5 karra kumush medali sovrindori: 1994, 1995, 1996, 1998, 2014-yillar;
  • Moldova chempionatining bronza medali sovrindori: 2013-yil;
  • 3 karra Moldaviya kubogi sohibi: 1994, 1995, 2013-yillar;
  • Moldova kubogi finalchisi: 1996-yil.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir