Aleksandr Aleksandrovich Zikov (1922-yil 4-avgust, Kiyev – 2013-yil 18-dekabr, Odessa) — sovet va ukrain matematigi. Professor, fizika-matematika fanlari doktori, grafik nazariyasini yaratgan olimlardan biri.

Aleksandr Aleksandrovich Zikov

Aleksandr Aleksandrovich Zikov maʼruza oʻqimoqda, 1970-yillar.
Tavalludi 4-avgust 1922-yil[1]
Kiyev, SSSR
Vafoti 18-dekabr 2013-yil(2013-12-18)
(91 yoshda)
Odessa, Ukraina
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRUkraina bayrogʻi Ukraina
Sohasi Matematik
Ish joylari Samarqand davlat universiteti
Taʼlimi Nijniy Novgorod davlat universiteti

Grafiklar nazariyasi va Algebra maʼruzalari boʻyicha koʻplab kitoblar muallifi.

Hayoti tahrir

Aleksandr Aleksandrovich 1922-yil 4-avgustda Kiyev shahrida muhandis oilasida tugʻilgan.

1939-yilda Aleksandr oʻrta maktab kursi uchun imtihonlarni topshirdi va aʼlo baholar bilan Gorkiy davlat universitetining fizika-matematika fakultetiga oʻqishga kirdi. Aleksandr Gorkiy davlat universitetini 1945-yilda tamomladi.

1945—1947-yillarda Gorkiy universitetida assistent boʻlib ishlagan. Shuningdek, ushbu davrda Moskva davlat universiteti aspiranturasida tahsil olgan.

1950—1952-yillarda, aspiranturadan soʻng Odessa davlat universitetida va Odessa dengiz muhandislari institutida dars berdi.

1952—1958-yillarda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, Moskvada Moskva aviatsiya institutida va Moskva fizika-texnika institutida dotsent lavozimida ishlagan.

1958-yildan boshlab Aleksandr Aleksandrovich Novosibirsk Akademiyasida ishlaydi. Novosibirskda u SSSRda grafiklar nazariyasi boʻyicha birinchi seminarni tashkil qildi. Dastlab maʼruzalar mavhum xususiyatga ega boʻlsada, 1962-yildan seminarni tadqiqot bilan birga rivojlantirgan[2].

1963-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.

1969-yilda Aleksandr Zikovning „Cheklangan grafiklar nazariyasi“ monografiyasi nashr etildi.

1976—1982-yillarda Kishinyov davlat universitetida, 1982—1988-yillarda Samarqand davlat universitetida dars bergan.

Nafaqaga chiqqanidan keyin Aleksandr Aleksandrovich Odessada yashadi. U 2013-yil 18-dekabrda uzoq davom etgan kasallikdan soʻng 91 yoshida vafot etgan. Aleksandrning nomi zamonaviy Ukraina ensiklopediyasining 10-jildiga kiritilgan.

Kitoblari tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Зыков Александр Александрович“. www.poivs.tsput.ru. Qaraldi: 10-sentabr 2023-yil.
  2. „В Одессе скончался известный математик“. dumskaya.net. 2013-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-yanvar.