Alisher Azizov (1990-yil 14-fevral) – oʻzbek futbolchisi, Oʻzbekistonning „Doʻstlik“ klubida hujumchi sifatida toʻp suradi.

Alisher Azizov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Alisher Azizov
Tavallud sanasi 14-fevral 1990-yil (1990-02-14) (34 yosh)
Tavallud joyi Toshkent Oʻzbekiston
Boʻyi 180 cm (5 ft 11 in)
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Oʻzbekiston Doʻstlik
Raqami 11
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007—2014 Oʻzbekiston Paxtakor 49 (6)
2013   Oʻzbekiston Buxoro 15 (0)
2014   Oʻzbekiston Andijon 10 (0)
2014 Oʻzbekiston Qizilqum 8 (1)
2015—2016 Oʻzbekiston Obod 33 (26)
2017 Qirgʻiziston FC Dordoi Bishkek 20 (10)
2018 Ummon Al-Salam SC (Oman) - (-)
2018 Qirgʻiziston Alga 10 (2)
2019—2021 Bangladesh Sheikh Russel KC 30 (5)
2021 Oʻzbekiston Rubin Toshkent 7 (0)
2022— Oʻzbekiston Doʻstlik 15 (5)
Milliy terma jamoa
2010 Oʻzbekiston Oʻzbekiston U23 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Tarjimai holi tahrir

Klubdagi faoliyati tahrir

17 yoshidan boshlab Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi safida Oʻzbekiston oliy ligasida toʻp surgan, ammo asosiy tarkibda mustahkam oʻyinchi boʻlmagan. Futbolchi uchun eng omadli mavsum 2010-yil boʻlib, chempionatda 15 ta oʻyin oʻtkazib, 5 ta gol urgan. Poytaxt jamoasidagi oʻyinlari davomida Oʻzbekiston chempionati chempioni va sovrindori boʻlgan, Osiyo klublari turnirlari oʻyinlarida qatnashgan. 2012-yilda „Paxtakor“ safidagi soʻnggi oʻyinini oʻtkazgan, keyin bir necha bor Oʻzbekiston oliy divizioni klublariga ijaraga berilgan.[1][2]

2015-yilda „Obod“ klubi tarkibida 26 ta gol bilan birinchi liga gʻolibi va turnir toʻpurari boʻlgan.[3] Keyingi yili oliy divizionda 13 uchrashuvda bir marta ham gol ura olmagan.

2017-yilda Qirgʻizistonning „Dordoy“ jamoasiga oʻtib,[4] u bilan milliy chempionatimiz bronza medali sohibi va Qirgʻiziston kubogi sohibiga aylangan. Chempionat toʻpurarlari bahsida 10 ta gol bilan ikkinchi oʻrinni egallagan, OFK kubogi bahslarida ham 5 ta gol urgan.

2018-yilning birinchi yarmida Ummonning „As-Salam“[5][6] jamoasida, ikkinchi yarmida esa Qirgʻizistonning „Alga“ klubida oʻynagan. 2018-yil oxirida Bangladeshning „Shayx Russel“ klubiga oʻtgan va u yerda Bangladesh chempionatining birinchi oʻyinida gol urib, jamoasiga „Arambag“ klubi ustidan gʻalaba keltirgan[7].

Jamoadagi faoliyati tahrir

Oʻzbekistonning kichik yoshdagi terma jamoalarida oʻynagan. Olimpiya terma jamoasi tarkibida 2010-yilgi Osiyo oʻyinlarida qatnashgan, uchta oʻyinda maydonga tushgan.

Manbalar tahrir

  1. „Alisher Azizov "Andijon" safiga qo'shildi“. 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
  2. „Alisher Azizov "Qizilqum"da, Anvar Rajabov "Buxoro"da“. 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
  3. „Birinchi liga. Bu yilgi to'purar Alisher Azizov...mi?“. 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
  4. „Alisher Azizov "Dordoy" bilan shartnoma tuzdi“. 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
  5. „Алишер Азизов подписал контракт с ФК «Аль Салам»“. 2019-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-yanvar.
  6. „Alisher Azizov "Al Salam" bilan shartnoma imzoladi“. 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
  7. „ARAMBAGH VS. SHEIKH RUSSEL 0 — 1“. 2019-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-yanvar.

Havolalar tahrir