American Economic Journal

jurnal

American Economic Journal — Amerika Iqtisodiy Assotsiatsiyasi tomonidan nashr etilgan toʻrtta ilmiy-akademik jurnallar guruhi. Alohida jurnallarning nomlari American Economic Journal prefiksidan iborat boʻlib, unga soha tavsifi ilova qilingan. 2009-yilda boshlangan toʻrtta jurnali: Applied Economics, Economic Policy, Macroeconomics hamda Microeconomics.

American Economic Journal
Yoʻnalish Iqtisodiyot
Til inglizcha
Nashr tafsilotlari
Tarixi 2009–hozirgacha
Nashriyot
Chastota Har chorakda
ISO 4 Bu yerdan topasiz

Tarixi tahrir

Amerika Iqtisodiy Assotsiatsiyasi Robert Hall raisligida Jurnallar boʻyicha maxsus qoʻmita tuzdi. U 2006-yil aprel oyida ushbu mavzuni uch yillik oʻrganishdan soʻng, Amerika Iqtisodiy Assotsiatsiyasiga (AIA) toʻrtta yangi jurnalni ochishni tavsiya qilgan. Buning sabablaridan biri shundaki, deyarli barcha boshqa akademik jamiyatlar uchtadan ortiq jurnal nashr etadi va jurnallarni koʻpaytirish orqali muharrirlarning xilma-xilligi ortadi[1]. Boshqa sabablarga koʻra, aksariyati Elsevier tomonidan nashr etiladigan iqtisod boʻyicha jurnallar narxining koʻtarilishi va The American Economic Reviewning koʻp sonli taqdimotlar bilan shugʻullana olmasligi kiradi[2].

Toʻrtta yangi jurnalni nashr etish boʻyicha tavsiya 2006-yilda AIA Ijroiya qoʻmitasi tomonidan maʼqullangan va nashrning boshlanish sanasi 2009-yilda belgilangan. Oʻsha paytdagi AIA prezidenti George Akerlof yangi jurnallar muharrirlari uchun qidiruv qoʻmitalarini tayinlagan edi. Olivier Blanchard birinchi muharrir etib saylangan. U 2009-yilda isteʼfoga chiqadi va Xalqaro valyuta jamgʻarmasining bosh iqtisodchisi sifatidagi vazifalari joriy moliyaviy inqiroz sharoitida jurnalni tahrirlash bilan mos kelmasligini taʼkidlaydi. Uning oʻrniga Steven Davis lavozimga taʼyinlangan. Hozirgi muharrir esa John Leahydir.

Manbalar tahrir

  1. „Announcement statement of the new journals, accessed on 31-avgust 2009-yil“. 2008-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 31-avgust.
  2. David Glenn. „American Economic Association Plans 4 New Journals“. The Chronicle of Higher Education. January 25, 2008. Available online at http://chronicle.com/article/American-Economic-Association/440 (Wayback Machine saytida 2018-08-05 sanasida arxivlangan)

Havolalar tahrir