Molchanov Anatoliy Aleksandrovich (15-avgust 1938-yil, Toshkent – 16-dekabr 2019-yil, Rossiya) sovet va rossiyalik olim, SSSR Davlat mukofoti laureati (1980)[1].

Anatoliy Molchanov
Tavalludi 15-avgust 1938-yil
Toshkent, OʻzSSR, SSSR
Vafoti 16-dekabr 2019-yil
Sankt-Peterburg, Rossiya
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Rossiya bayrogʻi Rossiya
Ilmiy darajasi fan doktori
Ilmiy unvoni professor

Tarjimai hol tahrir

Anatoliy Aleksandrovich 1938-yil 15-avgustda Oʻzbekiston SSR Toshkent shahrida tavallud topgan.

1960-yilda Novosibirsk aloqa elektrotexnika institutini tamomlagan.

Molchanov 1960-yildan 1988-yilgacha muhandis, katta muhandis, tajriba-metodik partiya boshligʻi, laboratoriya mudiri, boʻlim mudiri, Vniigeofizika VUF direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan. 1988–1992-yillarda NPO Rudgeofizika bosh direktori etib saylangan. 1992-yilda Sankt-Peterburg davlat konchilik institutida foydali qazilmalar konlarini qidirishning geofizik va geokimyoviy usullari kafedrasi mudiri boʻlib ishlagan[2].

Olim Anatoliy 2019-yil 16-dekabrda Sankt-Peterburgda vafot etgan.

Ilmiy faoliyati tahrir

Molchanov neft geofizikasi yoʻnalishining asoschisi hisoblanadi. Uning rahbarligida geologiya-qidiruv tarmogʻini qayta jihozlash uchun 140 turdagi geofizik asboblar va apparatlar, Kolskaya sverxglubokaya yorigʻini tadqiq qilish uchun asboblar ishlab chiqilgan.

Anatoli Aleksandrovich Novas Energy Services ilmiy direktori, Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi, Leningrad Konchilik instituti professori, texnika fanlari doktoridir.

Ishlari tahrir

Olim 100 ga yaqin ixtiro muallifi, 400 dan ortiq ilmiy ishlar, 9 ta monografiya va oʻquv qoʻllanmalar yozgan.

Mukofotlari va unvonlari tahrir

1975-yil texnika fanlari doktori, 1981-yil professor unvoniga sazovor boʻlgan.

Molchanov neft va gaz qatlamlarini sinovdan oʻtkazish va ularning gidrodinamik xususiyatlarini kabeldagi geofizik asboblar bilan baholashning yuqori samarali va iqtisodiy usullarini ishlab chiqqanligi 1980-yil SSSR davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

Anatoliy Oktyabrskiy shahrining faxriy fuqarosi. BASSRda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1979), SSSR ixtirochisi (1987) hamda Rossiya Fanlar akademiyasi aʼzosi boʻlgan (1997).

Manbalar tahrir

  1. „Молчанов, Анатолий“. Qaraldi: 2023-yil 14-noyabr.
  2. „Молчанов Анатолий Александрович“. Qaraldi: 2023-yil 14-noyabr.