Andxoʻy tumaniAfgʻonistonning Faryob viloyatidagi tuman. Tuman markazi Andxoʻy shaharchasi boʻlib, tumanda jami 81 ta qishloq bor. Tumanda koʻpchilik dehqonchilik yoki chorvachilik bilan shugʻullanadi[1].

Andkhoy tumani
tuman
36°57′0.0″N 65°7′0.1″E / 36.950000°N 65.116694°E / 36.950000; 65.116694 G OKoordinatalari: 36°57′0.0″N 65°7′0.1″E / 36.950000°N 65.116694°E / 36.950000; 65.116694 G O
Mamlakat Afgʻoniston
Vaqt mintaqasi UTC+4,30
Andkhoy tumani xaritada

Geografiya tahrir

Andxoʻy tumani Maymana viloyati markazi va Jouzjon viloyatining markaziy shahri Shibirg'on bilan chegaradosh[2]. Biroq, Maymanadan Andkhoygacha boʻlgan yoʻl hozirda qurolli guruh tomonidan yopib qoʻyilgan[3]. Yoʻl Afgʻonistondagi eng yomon yoʻllardan biri sanaladi. Tuman hududidan Shirin Tagab daryosi oqib oʻtadi[4].

Manzil tahrir

Tuman beshta daryo bilan oʻralgan: Khani Chahar Bagh, Khwaja Du Koh, Dawlatabad, Qaramqol va Qurghan. Khwaja Du Koh Jouzjon viloyatida joylashgan boʻlib, ushbu tuman Turkmaniston bilan chegaradosh.

Iqtisodiyot tahrir

Aksariyat aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanadi. Asosiy ekinlari bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori va kartoshka hisoblanadi. Tumanda sugʻorish tizimlari, oʻgʻitlar, pestitsidlar, savdo markazi yetishmaydi. Ammo u yerda Gilamdoʻzlik sanoati, charm fabrikalari, tikuvchilik, kashtachilik rivojlangan.

Ta'lim, sog'liqni saqlash va hukumat tahrir

Tumanda 11 ta maktab mavjud, biroq ular yetarlicha mablagʻ bilan ta’minlanmagan.

Tumanda sogʻlomlashtirish markazlari, dorixonalar, 20 oʻrinli shifoxona mavjud boʻlsa-da, tez yordam mashinalari, malakali shifokorlar yetishmaydi.

Afg'oniston hukumati hudud ustidan kuchli nazorat oʻrnatgan. Biroq, Tolibon ushbu tumanni ham qoʻlga olish harakatida[5]. Andxoʻyda davlat amaldorlari orasida ham korrupsiya keng tarqalgan.

Manbalar tahrir

  1. „Control Timelines by District“. mapsynch.maps.arcgis.com. Qaraldi: 2020-yil 23-iyul.
  2. „Google Maps“. Qaraldi: 2020-yil 23-iyul.
  3. „Afghanistan Weekly Humanitarian Update: 10 February to 16 February 2020“. humanitarianresponse.info (2020-yil fevral). Qaraldi: 2020-yil 22-iyul.
  4. Daud Saba. „The Province of Faryab“. afghanmagazine.com (1998). 2012-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-iyul.
  5. „Faryab Taliban Shadow Judicial System“. dia.mil. Qaraldi: 2020-yil 23-iyul.